Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Komo 1-5 Lasio
01/11 00:45 Roma 1-0 Torino
01/11 16:00 Lokomotiv 0-1 Nasaf
01/11 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Surxon
02/11 01:00 Alaves 1-0 Malyorka
02/11 15:00 Olimpik - Navbahor
02/11 17:15 Qizilqum - Dinamo
02/11 17:30 Nyukasl 1-0 Arsenal
02/11 18:00 Osasuna 1-0 Valyadolid
02/11 19:00 Bolonya - Lechche
02/11 20:00 Bornmut - Manchester Siti
02/11 20:00 Ipsvich - Lester
02/11 20:00 Liverpul - Brayton
02/11 20:00 Nottingem Forest - Vest Xem
02/11 20:00 Sautgempton - Everton
02/11 20:15 Jirona - Leganes
02/11 22:00 Udineze - Yuventus
02/11 22:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
02/11 22:30 Vulverhempton - Kristal Pelas
03/11 00:45 Monsa - Milan
03/11 01:00 Valensiya - Real Madrid
03/11 16:00 Neftchi - Bunyodkor
03/11 16:30 Napoli - Atalanta
03/11 18:00 Atletiko - Las-Palmas
03/11 18:15 Metallurg - OKMK
03/11 19:00 Torino - Fiorentina
03/11 19:00 Tottenhem - Aston Villa
03/11 20:15 Barselona - Espanyol
03/11 21:30 Man. Yunayted - Chelsi
03/11 22:00 Verona - Roma
03/11 22:30 Sevilya - Real Sosyedad

Maysani «hidlagan» kubok, «klasiko»dagi mojaro, «Yuve»ning zafari

Maysani «hidlagan» kubok, «klasiko»dagi mojaro, «Yuve»ning zafari

Baho:
+ | -

Finishdagi qarama-qarshiliklarning o‘ziga xos jihati shundaki, hech qanday ahamiyati bo‘lmagan uchrashuvda ham ajib voqealar uchrab turadi. Ayrim jamoalar uchun esa turnir jadvali-yu, ochkolarning ahamiyati yo‘q - aynan shu bahsda ular faqat g‘alabani ko‘zlaydilar. Tabiiyki, marraga yaqin pallada muhim masalani ijobiy hal qilgan jamoalar ham yo‘q emas.

Angliya. Intrigani saqlab qolgan g‘alaba va ko‘ngildagidek kechmagan taqdirlash marosimi

Chempionlik taqdiri barvaqt hal etilgan APLning 37-turida asosiy e’tibor «Chelsi» - «Liverpul» bellashuviga qaratildi. Hech bo‘lmaganda YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish ilinjida bo‘lgan «ko‘klar»ni faqat g‘alaba qoniqtirardi. Lekin «Stemford Brij»dagi bahs mehmonlar hujumlari bilan boshlandi. Shu bois, Tibo Kurtua astoydil ter to‘kishga majbur bo‘ldi. 32-daqiqada esa maydon egalarining kamsonli hujumlaridan biri gol bilan yakunlandi - Viktor Mozesning o‘ng qanotdan oshirgan to‘pini Olivye Jiru darvozaga to‘g‘irlab qo‘ydi - 1:0. Tanaffusdan keyin tashabbus mezbonlar tomoniga o‘tdi. Ammo ular ham bir nechta qulay imkoniyatlardan foydalana olmadilar. Yakunda kamtarona (1:0) g‘alaba evaziga «Chelsi» 4-o‘rinda borayotgan «Tottenxem»ga yaqinlashib oldi. YECHL yo‘llanmasi taqdiri so‘nggi  turda ma’lum bo‘ladi. Chunki «taqachilar» elitada qolish uchun bor imkoniyatlarini ishga solayotgan «Vest Bromvich» maydonidan quruq qo‘l (0:1) bilan qaytishdi.

«MYU»ning Braytondan ochkosiz qaytishi ham turning kutilmagan natijasi bo‘ldi. Mezbonlar vakili Paskal Grossning 57-daqiqadagi goli o‘yin taqdirini hal qildi.

Yangi chempion - «Manchester Siti» esa o‘z maydonida «Xaddersfild»ni yenga olmadi - 0:0. Natija-ku mayli, «shaharliklar» o‘yinni o‘ta sust o‘tkazishdi - Yonas Lossl darvozasi tomon bor-yo‘g‘i 3ta aniq zarba yo‘llandi. Shu bois, spektakldan qoniqmagan muxlislar uchun uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan taqdirlash marosimi ham tatimadi. Boz ustiga, ukrainalik Aleksandr Zinchenko hayajon ta’sirida kubokni yerga tushirib yubordi. Xayriyatki, sovringa shikast yetmadi. «Arsenal» esa Arsen Vengerning «Emireyts»dagi oxirgi uchrashuvini ko‘tarinki ruhda o‘tkazib, «Byornli» darvozasiga javobsiz 5ta to‘p yo‘lladi. Albatta, bu - «professor»ning xizmatlari uchun bildirilgan minnatdorchilik nishonasi edi.

Ispaniya. «Klasiko»dagi keskinlik

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, La Ligada barcha masala hal bo‘lganiga qaramasdan, navbatdagi «el-klasiko» ham o‘ta murosasiz tarzda kechdi. «Kamp Nou»ga tashrif buyurgan «Real» a’zolari chempion uchun maxsus yo‘lak hosil qilishdan bosh tortishgani esa keskinlikni kuchaytirdi. Ana shu asabiylik o‘yinchilardan hakamlarga o‘tdi. Natijada Alexandro Xose Ernandes birinchi bo‘lim oxirida Serxi Robertoni maydondan chetlatdi. Mezbonlar vakili uni turtib yuborgan Marseloning yuziga zarba bergandi. 77-daqiqada braziliyalik himoya­chi «Barsa» jarima maydonchasida yiqilib, yana hakamdan madad kutgandi. Biroq bu safar Ernandes uning o‘ziga sariq kartochka ko‘rsatdi.

Shunday murosasiz bahsda muxlislar to‘rtga golga guvoh bo‘lishdi: avvaliga Suares hisobni ochdi, Ronaldu javob qaytardi. Tanaffusdan keyin Messi yana mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, Beyl muvozanatni tikladi. Ronaldu mazkur goli evaziga afsonaviy di Stefano bilan «klasiko»dagi samaradorlik bo‘yicha tenglashib (18ta gol) oldi. Ammo azaliy raqobatchisi - Messidan ancha ortda (25) bormoqda. Uchrashuv yakunida «Barsa» o‘yinchilari uchun chempionlik yo‘lakchasi tashkil etildi - Pikening tashabbusi bilan bu vazifani klub xizmatchilari bajarishdi. «Atletiko» esa o‘z maydonida «Espanyol»dan yengilib (0:2), «Real»ning yaqinlashib olishiga imkon yaratdi.

Italiya. Buffon ham yanglishadi

Hisobot turda chempionlik masalasini qariyb 100 foizga hal qilgan «Yuventus» avvaliga o‘z muxlislarini anchayin asabiylashishga majbur etdi. E’tiborlisi, jamoaning eng ishonchli a’zosi - tajribali Buffon to‘pni Daniele Ruganiga uzatishda xatolikka yo‘l qo‘ydi. Oqibatda himoyachi oldinga o‘tib ketgan raqibini qo‘pollik bilan to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Simone Verdi esa «nuqta»dan aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim «Bolonya»ning ustunligi bilan yakunlandi.

Tanaffusdan keyin mehmonlar tarkibida «Yuve»ga xayrixoh o‘yinchi topildi - himoyachi Sebastyan de Mayo qanotdan kelayotgan to‘pni o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. Keyin esa Sami Xedira va Paulo Dibalaning gollari evaziga mezbonlar g‘alabaga erishdilar. «Napoli» o‘z maydonida «Torino» bilan sulhni (2:2) imzolagach, peshqadamni quvib o‘tish rejasi to‘la-to‘kis barbod bo‘ldi: o‘zaro uchrashuvlar bo‘yicha ustunlik yo‘q, to‘plar nisbatiga ko‘ra (61ga 45) «Yuve» oldinda, ochkolar o‘rtasidagi farq - 6ta.

Endi «A» seriyaga bo‘lgan qiziqishni to‘rtinchi o‘rin uchun kechadigan bahslar ta’minlaydi. Kalyaridagi g‘alaba (1:0) evaziga «Roma» o‘z ochkolarini 73taga yetkazib oldi. «Lasio» esa «Atalanta»ni yenga olmadi - 1:1. «Inter» Udinedan yirik (4:0) g‘alaba bilan qaytdi. Natijada uch va beshinchi o‘rin o‘rtasidagi farq to‘rt ochkoga qisqardi.

Germaniya. «Shalke» sovrindorlar safida

So‘nggi tur arafasida Bundesliganing kumush medallari sohibi aniqlandi - Augsburgda zafar quchgan «Shalke» (2:1) 2010 yildan beri ilk marta mavsumni ikkinchi pog‘onada yakunladi. Dortmundning «Borussiya»si esa kutilmaganda «Mayns»ga imkoniyatni boy berdi - 1:2. Shuningdek, «Xoffenxaym» ham Shtutgartda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi - 0:2. Natijada YECHLning saralash bosqichiga yo‘llanma beradigan to‘rtinchi o‘rin uchun kurash keskinlashdi. Yakuniy turda «Xoffenxaym» «Borussiya Dortmund»ni (52 ochko) «Bayer» esa (52 ochko) «Gannover»ni qabul qiladi. Ellik ochkoli «RB Leypsig» Berlinda «Gerta» bilan kuch sinashadi.

Fransiya. «Monako»da yangi vunderkind

Chempionlikni allaqachon naqd qilgan «PSJ» bu turda kamtarin «Amyen» bilan jangovar durangga (2:2) imzo chekdi. Ammo natijani sensasiya sifatida baholash Kristof Pelissye jamoasiga nisbatan hurmatsizlik bo‘lardi. Chunki bu klub o‘tgan turda «Monako»dan ochkolarni tortib olgandi. Endi oldinga o‘tib olgan chempionni g‘alabadan mahrum etdi.

Yakshanba oqshomida «Monako» nihoyat, g‘alabalarsiz uch uchrashuvdan keyin «Kan»ni yengishga muvaffaq bo‘ldi. To‘g‘ri, uch ochko keltirgan g‘alaba to‘pi hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda amalga oshirildi. E’tiborlisi, knyazlik klubi ana shu qimmatli ochkolarni 18 yoshli Mussa Sillaning «dubl»i tufayli qo‘lga kiritdi. Mavsumdagi uchinchi uchrashuvni yosh iqtidor sohibi ikkita gol bilan nishonladi.

«Lion» esa asosiy ta’qibchisidan farqli ravishda «Trua»ni ortiqcha qiyinchiliksiz (3:0) taslim etib, g‘alabalar seriyasini 8taga yetkazib oldi. Yevropa Ligasi finalchisiga aylangan «Marsel» ham g‘alaba nashidasini surdi. To‘g‘ri, «Nissa»ga qarshi bahsda hisobni yozda jamoani tark etadigan Mario Balotelli ochdi. Lekin tez orada mezbonlar Jermenning aniq zarbasi evaziga muvozanatni tikladilar. 73-daqiqada esa tajribali Dimitri Paye o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:02, 13.05.2018.
O'qildi: 4333 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.