Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Bahodir Nasimov: Birinchi maoshi, armoni, Chempionlar Ligasi finali haqida

Bahodir Nasimov: Birinchi maoshi, armoni, Chempionlar Ligasi finali haqida

Baho:
+1 | -1

Sizga qiziqarli intervyularni taqdim etishda davom etamiz. Bugungi suhbatdoshimiz, «Buxoro» vakili, taniqli hujumchi Bahodir Nasimov bo‘ldilar...

Avvalo, futbolga kirib kelishingiz haqida gaplashsak...
-YOshligimda, aslida muay tay sport turi bilan shug‘ullanganman. Hattoki, ushbu sport turida yoshlar bo‘yicha O‘zbekiston chempioni ham bo‘lganman. Keyinchalik futbolga bo‘lgan mehrim, qiziqishim meni katta futbolga yetaklab keldi.

Birinchi olgan maoshingiz qancha edi? Uni nimaga sarf qilgansiz?
- Birinchi olgan maoshim 15ming so‘m edi. Olgan maoshlarimni hammasini ota-onamga berardim.

Hayotingizdagi keskin burilish bilan yodingizda qolgan hodisa nima?
- Menimcha, bu “Rubin“dan menga taklif tushishi bo‘lgan.

Nimaga “Rubin” jamoasida o‘ynab ketolmadingiz?
- “Rubin” jamoasida raqobat kuchli edi. Ustiga ustak men yosh edim. Yana hammaga ma’lumki Rossiya chempionati juda kuchli. Shu jihatlar tufayli “Rubin“da o‘ynab ketishim qiyin bo‘lgan. Balki hozir borsam o‘ynab ketarman...

Legioner bo‘lishning foydasi nimada deb o‘ylaysiz?
- Legioner futbolchidan ko‘p narsa talab qilinadi. O‘z-o‘zidan futbolchi o‘z ustida ishlab, o‘yini kuchayib boradi. Jamoada o‘z o‘yinini topib o‘ynab ketsa va gollar ursa, muxlislar hurmatiga sazovor bo‘ladi. Do‘stlari ko‘payadi.

Faoliyatingizdagi eng chiroyli gol qaysi?
- Eng chiroyli golim bu- Hamdo‘stlik kubogida «Bunyodkor» safida “Dachiya” (Moldova) ga urgan golim.

«Buxoro» bu mavsum oldiga qanday maqsadlarni qo‘ygan?
- Bu mavsum «Buxoro» birinchi navbatda kuchli “oltilik“ka kirishni maqsad qilgan. Xudo xohlasa, kuchli “oltilik“ka kirsak, keyin, chempionlik uchun ham kurashishimiz mumkin.

Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?
- “Atletiko Madrid” ga jamoasiga.

Qaysi futbolchilarning o‘yini sizga yoqadi?
- Didye Drogba va Fernando Torresning maydondagi xatti-harakatlari menga juda yoqadi.

O‘zbekistondagi eng kuchli futbolchi kim?
-O‘zbekistondagi eng kuchli futbolchi bu- Odil Ahmedov.

Futbolda eng yaqin do‘stlaringiz kimlar?
-Futbolda do‘stlarim juda ko‘p. Ular Odil Ahmedov, Sanjar Tursunov, Shavkat Salomov, Shavkat Mullajonov hamda Artyom Filiposyan.

Orzu va armoningiz bormi?
- Armon bu 2014- va 2018- yillarda JCH ga chiqolmaganimiz bo‘lsa kerak... Orzum yoshlarimiz biz qilolmagan ishni qilishsin, 2022-yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH da ishtirok etishsin.

Nima deb o‘ylaysiz nima sababdan JCH ga chiqolmadik? 

Davomi «Futbol olami» blogida

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:08, 20.05.2018.
O'qildi: 7865 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.