Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

“Barselona-1992” Olimpiadasi chempioni Andrey Abduvaliyev O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi boshqaruviga qaytdi

“Barselona-1992” Olimpiadasi chempioni Andrey Abduvaliyev O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi boshqaruviga qaytdi

Baho:
+ | -

Bugun, 22 may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston yengil atletika federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil qilindi. Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, MOQ Prezidenti maslahatchisi Komiljon Xudoyberganov, yengil atletika federasiyasi bosh kotibi Kamoliddin Nurmuhammedov hamda federasiya mutasaddilari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish avvalida Komiljon Xudoyberganov delegatlarni kun tartibi bilan tanishtirdi. Unga ko‘ra, konferensiyaning eng asosiy masalasi O‘zbekiston yengil atletika federasiyasiga yangi prezident va bosh kotibni saylab olishdan iborat edi.

O‘zbekistonda yengil atletika sportining rivojiga qo‘shgan hissasi, qolaversa sohadagi tajribasi va ko‘p yillik mehnati inobatga olinib, Andrey Hakimovich Abduvaliyev nomzodi federasiya prezidentiliga ilgari surildi. Delegatlar bir ovozdan A.Abduvaliyev nomzodini qo‘llab-quvvatladilar. Shu tariqa, Andrey Abduvaliyev O‘zbekiston yengil atletika federasiyasining yangi rahbari etib saylandi.

Ma’lumot uchun, Andrey Abduvaliyev 1966 yilda tug‘ilgan. MDH birlashgan terma jamoasi safida 1992-yilgi Olimpiya o‘yinlarida chempionlikni qo‘lga kiritgan. 2000-2012 yillar davomida O‘zbekiston yengil atletika federasiyasining bosh kotibi lavozimida faoliyat olib borgan.

Mamlakat yengil atletika federasiyasi bosh kotibi sifatida faoliyat yuritib kelgan Kamoliddin Nurmuhammedov esa lavozimiga qayta saylandi. Yangi rahbariyat oldiga mamlakatimizda sportning ushbu turini rivojlantirish, oldinda turgan nufuzli musobqalarda muvaffaqiyatli natijalar qayd etish vazifasi qo‘yildi.

MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov yangi rahbariyat oldiga qo‘yilayotgan vazifani tushuntirar ekan, yengil atletikani yurtimizda rivojlantirish uchun imkoniyatlar katta ekanligi, buning uchun ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, qattiq mehnat qilish lozimligini qayd etdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:27, 22.05.2018.
O'qildi: 3058 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик