Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

“Metallurg” futbol klubida faxriylar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Metallurg” futbol klubida faxriylar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

“Metallurg” futbol klubi bugungi darajasigacha yetishi yo‘lida faxriy futbolchilarning hissasi katta bo‘lgan.

Turli yillarda shahrimiz jamoasi sharafini nafaqat mamlakatimiz miqyosida, balki xalqaro miqyosda ham taniqli bo‘lgan insonlar himoya etishgan.

Jumladan, ayni paytda klubda mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritib kelayotgan Abduqahhor Ma’rifaliyev, Fevzi Davletovlar O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 1994 yili Xirosima maydonlarida o‘tkazilgan XII Osiyo o‘yinlarining chempionlari bo‘lishgan. Bu yutuq milliy terma jamoamiz uchun hozircha qit’a miqyosidagi eng katta yutuq bo‘lib turibdi. 

Klub ishlarini tashkil etish rejasiga binoan yaqinda “Metallurg” futbol klubida o‘sha tarixiy g‘alabaning 24 yilligi munosabati bilan ma’naviyat soati – uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvga shuningdek, Bekobod futboli taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shgan faxriylar -  Vitaliy Sxay hamda Xursand Rejapovlar taklif etildi. O‘z vaqtida sobiq Ittifoq davrida Bekobod shahri jamoasi sharafini munosib himoya etgan futbol faxriylari Bekobod shahrida futbolni tiklanish jarayoni qanday kechganligi haqida bugungi avlod vakillariga xotiralaridan so‘zlab berishdi.

O‘z navbatida Xirosima maydonlarida yurtimiz sharafini munosib himoya etgan Davletov, Ma’rifaliyev singari insonlarning klub boshqaruvida faoliyat yuritayotganligi yoshlarga o‘rnak bo‘lishi lozimligini, ulardan tinimsiz o‘rganish, mahoratlarini o‘zlashtirishlari haqida so‘z yuritdilar.

Fevzi Davletov hamda Abduqahhor Ma’rifaliyevlar esa Xirosima maydonlaridagi tarixiy yutuq yo‘lidagi qiyinchiliklar, terma jamoaning qanday yig‘ilgani-yu, har bitta uchrashuvga ko‘rilgan tayyorgarlik, raqiblarni o‘rganish, shunga yarasha tanlangan taktikalar haqida gapirib berishdi. O‘sha paytdagi o‘yinchilarga yaratilgan sharoit va bugungi avlod vakillaridagi imkoniyatlarni qiyosan taqqoslashdi. Bugungi yoshlarimiz yaratilayotgan imkoniyatlarning qadriga yetish kerakligini, o‘z ustlarida tinimsiz ishlashlari lozimligini va terma jamoa murabbiylari e’tiboriga tushib, xalqaro maydonlarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya etishlari lozimligini ta’kidlashdi.

Uchrashuv davomida “Metallurg” futbol klubidan O‘zbekiston terma jamoasiga taklif etilayotgan futbolchilardan Zabixillo O‘rinboyev, Abbos Otaxonov, Suhrob Nurulloyevlar ustozlarga ajoyib xotiralar uchun minnatdorchilik bildirishdi. Bunday tadbirlar tez tez o‘tkazib turilsa, futbolchilarga koni foyda bo‘lishi ta’kidlandi. “Metallurg” futbol klubida tez orada o‘zbek futboli osmonida yorqin porlagan yulduzlar bilan yana uchrashuvlar tashkil etilishiga kelishib olindi. 

Komiljon Jumayev

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:40, 24.05.2018.
O'qildi: 2197 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.