Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

MOQ Prezidenti O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi qarorgohi va “Universal” sport majmuasiga tashrif buyurdi

MOQ Prezidenti O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi qarorgohi va “Universal” sport majmuasiga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Xabar berib o‘tganimizdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari kolejiga borib, sharoitlar bilan yaqindan tanishgan, kollej rahbariyatiga kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar bergandi.

Navbatdagi manzil O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi bo‘ldi. Ma’lumki, 5 kun avval assosiasiyaning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazilib, unda Laziz Hasanov tashkilotga prezident etib saylangan edi. Umid Ahmadjonov assosiasiya qarorgohiga tashrifi davomida yangi rahbariyat ishlarni qanday yo‘lga qo‘yib olgani bilan qiziqdi.

Poytaximizdagi eng ko‘rkam va ihcham sport inshootlaridan biri – “Universal” sport majmuasi ham aynan ushbu assosiasiyaga qaraydi. So‘nggi vaqtlarda mazkur inshoot sportning bir necha turlari bo‘yicha nafaqat mahalliy, balki xalqaro musobaqalarga ham mezbonlik qilib kelmoqda. Sport saroyi va mashg‘ulot zalini ko‘zdan kechirar ekan MOQ rahbari, bu yerda muxlislar uchun sharoitlarni yaxshilash, oilaviy sektorlar tashkil etish bo‘yicha assosiasiya rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

“Biz shu paytga qadar mamlakatimiz stadionlarida oilaviy sektorlar tashkil qildik. Ishqibozlar futbol uchrashuvlarini bevosita stadiondan kuzatishga o‘z oilalari, farzandlari bilan tashrif buyurmoqdalar. Bu esa o‘z navbatida sportni aholi orasida yanada ommalashtirishda, sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib qilishda katta ahamiyatga ega.

Endi sekin asta usti yopiq sport inshootlarida ham ana shunday sektorlar tashkil etsak foydadan holi bo‘lmaydi. Albatta buning uchun ishqibozlar orasida muhlislik madaniyatini ham targ‘ib qilishimiz kerak bo‘ladi”-dedi Umid Ahmadjonov.

Shuningdek, MOQ rahbari sport majmuasi faoliyatini samarali tashkil etish uchun, uning bir kun ham bo‘sh turmasligi, musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bu yerda yil davomida o‘tkazib borilishiga alohida urg‘u berdi.

Tashrif davomida MOQ Prezidenti sport majmuasiga yondosh hududda joylashgan mehmonxonani ham ko‘zdan kechirdi. Bu yerda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadigan sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:39, 24.05.2018.
O'qildi: 3133 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.