Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Andijon viloyat futbol assosiasiyasi “Bolalar uyi”da bayram tadbiri tashkil etdi

Andijon viloyat futbol assosiasiyasi “Bolalar uyi”da bayram tadbiri tashkil etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Andijon shahridagi "Bolalar shaharchasi" yurtimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning yorqin namunasidir. Mazkur majmua 16 ta zamonaviy uy-joy, futbol stadioni, yopiq suzish havzasi, boks va gimnastika zallari, yozgi amfiteatr hamda musiqa zalini o‘zida mujassamlashtirgan. Maskanda 95 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim va tarbiya oladi. 

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni oldidan Andijon viloyat futbol assosiasiyasi muassasada bayramona ruhdagi xayrli tadbir tashkil etdi. “Bolalar shaharchasi”ga o‘z vaqtida “Andijon” klubi va O‘zbekiston terma jamoasida to‘p surgan futbolchi Baxtiyor Hamidullayev, faxriy futbolchi Rahim Qodirov va yana bir qator millionlar o‘yini fidoyilari tashrif buyurishdi.

“Bolalar shaharchasi”dagi tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan ikki jamoaga Baxtiyor Hamidullayev va Rahim Qodirovlar murabbiy sifatida bosh bo‘lib, maydonga olib tushishdi. Yosh futbolchilar o‘z muxlislarining olqishlariga sabab bo‘ladigan darajadagi o‘yin ko‘rsatdilar.

Bahs yakuniga yetgach, bayram davom etdi. Maskan badiiy havaskorlari yig‘ilganlarga qo‘shiq va raqslardan iborat o‘z dasturini namoyish qildilar.

Futbol uchrashuvida ishtirok etgan har bir yosh futbolchiga viloyat futbol assosiasiasining diplomlari va turli sport anjomlaridan iborat sovg‘alar topshirildi.

“Bolalarni futbolga bo‘lgan qiziqishini ko‘rib mazkur maskanda ushbu sport turi bo‘yicha muntazam ish olib boruvchi to‘garak tashkil qilganmiz”, - deydi viloyat futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Bekzodbek Karimov. – Mazkur to‘garakda ta’lim muassasasining o‘ttizdan ziyod tarbiyalanuvchilari futbol sirlarini o‘rganmoqda. Umid qilamizki, kelajakda ular orasida mashhur futbolchilar chiqadi”.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:56, 01.06.2018.
O'qildi: 1979 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик