Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Ilhom Mo‘minjonov: “Inas bilan shartnomani bekor qildik”

Ilhom Mo‘minjonov: “Inas bilan shartnomani bekor qildik”

Baho:
+ | -

“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” jamoalari uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov va jamoa hujumchisi Azamat Allaniyozovlar qatnashishdi.

Ilhom Mo‘minjonov (“Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi): - Chiroyli o‘yin bo‘ldi. Hisob bundanda yirik bo‘lishi ham mumkin edi. Afsuski, shogirdlarim yaratilgan xavfli vaziyatlardan unumli foydalana olishmadi. Shu sababli 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan cheklandik. Ushbu g‘alaba bilan o‘yingohga kelib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizni tabriklaymiz. Futbolchilarimiz murabbiylar shtabi tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni bajarib, chiroyli yutuqqa erishganimiz uchun ularga kattakon rahmat aytaman.

- Turg‘unboyevning yo‘qligida Navbahorning o‘yini mazmunliroq ko‘rindi. Bunga qanday qaraysiz?

- Yo‘q. Azizbek Turg‘unboyevning tarkibda yo‘qligi bilindi. Turg‘unboyev bugungi kunda jamoamizning yetakchi futbolchisi. Keyingi uchrashuvlarda Azizbek maydonga tushadi va yanada chiroyliroq o‘yinlar ko‘rsatishga harakat qilamiz. Aslini olganda uning maydonda yo‘qligi sezildi. “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi uchrashuvga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rgandik. Futbolchilarimiz ham yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Raqibning so‘nggi ikki o‘yinini ko‘rganib chiqib, shunga moslab, taktika tanlagandik. Bir so‘z bilan aytganda, qo‘qonliklarning nozik va kuchli jihatlaridan xabarimiz bor edi. Yigitlar yakunda o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani uddalashdi, ya’ni ular ko‘rsatmalarimizni yuz foizga bajarishdi.

- Sulaymonovga birinchi bo‘limda keskin e’tiroz bildirdingiz. Bu hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘lsa kerak?

- Har bir murabbiyda bu kabi hissiyotlar bo‘ladi. Sardor 60 daqiqa davomida o‘z mehnatlari tufayli gol urish uchun to‘rtta imkoniyatga ega bo‘ldi. Shu sababli uning gol urishini istagandim. Hissiyotlarimni futbolchimiz yaxshi biladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Lekin, hujumchilardan faqat gol talab qilaman.

- Jamoadagi o‘zgarishlar xususida ham ikki og‘iz fikr bildirsangiz...

- Uchrashuv yakuniga yetgach, serbiyalik hujumchi Nenad Inas bilan tuzilgan shartnomani o‘zaro kelishgan holda bekor qildik. Futbolchi bugun jamoa bilan xayrlashdi. O‘tgan vaqt davomida Inas jamoamizga yordam berdi. Shu sababli, klub rahbariyati va jamoa a’zolari nomidan unga kattakon rahmat aytamiz. Futbolchining keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz. Rejamizga ko‘ra, jamoaga yangi futbolchilarni taklif etamiz. Ularni aynan kim ekanligi hozircha sir.

- “Navbahor”ga kelganingizdan buyon “vodiy derbi”larida g‘alaba qozona olmayotgandingiz. Bugungi uchrashuv oldidan qandaydir bosim sezilmadimi?

- Hech qanday bosim bo‘lgani yo‘q. Oldin ham aytganimdek, har bir uchrashuvga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘ramiz. Har bir raqibni murabbiylar shtabi bilan sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqan holda taktika tanlaymiz. Bugun o‘ylagan rejalarimizni amalga oshirib, yirik g‘alabani tantana qildik. “Qo‘qon-1912” jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad tilab qolaman.

Azamat Allaniyozov (“Navbahor” hujumchisi): - Avvalambor muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Bosh murabbiymiz tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni ortig‘i bilan uddaladik, deb o‘ylayman. Yigitlar bilan birdamlikda hamjihat bo‘lib harakat qilganimiz sababli, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdik.a

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:24, 11.06.2018.
O'qildi: 4375 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.