Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

PFL "Yozyovon"dan keyin "Labsa" klubini ham ogohlantirdi

PFL "Yozyovon"dan keyin "Labsa" klubini ham ogohlantirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Pro-Liga B zonasining 14-turidan joy olgan “Labsa” — “Lokomotiv-BFK” o‘yini belgilangan vaqtdan yarim soat kechroq boshlandi.

O‘yin 18:00 ga tayin qilingandi. Biroq mezbon jamoa “Labsa” stadiondagi xavfsizlik masalalarini talab darajasiga keltirmagan. Uchrashuv komissari Baxtiyor Namozov bunday sharoitda o‘yin o‘tkazishga ruxsat bermagan. Mezbonlar esa shundan keyingina harakatga tushgan.

O‘yinda “Labsa” vakillariga texnik mag‘lubiyat yozishga yaqin qolgandagina komissar talab qilgan minimum masalalar hal etilgan. Uchrashuv esa 18:30 da start olgan.

PFL mazkur holat yuzasidan “Labsa” futbol klubi rahbariyatini jiddiy ravishda ogohlantiradi va yana 1 ta o‘yin uchun imkoniyat beradi. Kelasi turda ham shunday holat davom etsa, komissar 5 daqiqa ham kutmaydi va mezbon jamoaga texnik mag‘lubiyat e’lon qiladi.

Ma’lumot uchun, PFL yaqindagina “Yozyovon-Lochinlari” futbol klubini jiddiy ogohlantirgandi. 17 iyun — yakshanba kuni mazkur klub o‘z maydonida “Iftixor”ni qabul qiladi. Agar maydonda ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmagan bo‘lsa, “Yozyovon-Lochinlari”ning uy uchrashuvlarini o‘tkazish yoki umuman chempionatdagi keyingi faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi.

“Labsa”ning navbatdagi uy o‘yini esa 21 iyun kuni “Yozyovon-Lochinlari”ga qarshi bo‘lib o‘tadi. O‘sha uchrashuvdagi xulosa mezbonlarning Pro-Ligadagi keyingi taqdirini belgilab berishi mumkin. 17 iyun kuni “Sherdor”ni qabul qiladigan “G‘ijduvon” klubi ham vaziyatni nazoratga olishi talab etiladi.

Pro-Liga klublariga butun bahor davomida ish yo‘lga tushib ketishi uchun vaqt berildi. Iyun oyidan boshlab esa talablar hamma uchun qat’iydir. O‘z ustida ishlamaydigan va vaqtinchalik bo‘lgan klublar faoliyatini bemalol 2-ligada davom ettirishi mumkin. Pro-Liga talablari esa o‘z kuchida qoladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 09:52, 12.06.2018.
O'qildi: 2218 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.