Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Asror G‘ofurov: «Yangi mavsumni ham Turkiyada boshlasam kerak»

Asror G‘ofurov: «Yangi mavsumni ham Turkiyada boshlasam kerak»

Baho:
+ | -

Avvalroq interfutbol.uz sayti orqali o‘zbekistonlik futbolchi Turkiya 4-divizionida chempionlikka erishgani haqida xabar berib o‘tgandik.

Va’daga muvofiq, hamyurtimiz Asror G‘ofurovdan intervyu olib, uni Sizlar bilan baham ko‘rishni joiz deb topdik.

- Asror aka, avvalambor, chempionlik bilan tabriklaymiz.

- E’tibor va tabrik uchun rahmat.

- Barcha uchun qiziq, Turkiya chempionatiga qanday borib qoldingiz?

- Aslida, «Paxtakor» tarbiyalanuvchisiman. 2006-2013 yillar mobaynida shu klub yoshlari bilan 2 va 1-ligalarda o‘ynaganman. 2013-yilda shartnomam tugagach, Turkiya safarim boshlangan.

- «Paxtakor» yangi shartnoma taklif qilmaganmi?

- Taklif bo‘lgan, lekin faoliyatimni Yevropada davom ettirishni xohlaganman.

- Futboldagi birinchi ustozingiz kim?

- Shuhrat Rahmonqulov. Ushbu mutaxassisdan 7-8 yil futbol sirlarini o‘rganganman. Albatta, futbolga birinchi qadam tashlashingizda, dastlabki murabbiyingiz asosiy rolni o‘ynaydi.

- Turkiya chempionatiga agentlar orqali bordingizmi yoki...

- Albatta, «Paxtakor»da o‘ynab yurgan vaqtlarim agentlar tufayli chetdan takliflar tushgan.

- Hozirda «Paxtakor»ning o‘yinlarini kuzatib boryapsizmi?

- Ha, kuzatyapman. Qolaversa, jamoa ustozi Shota Arveladze menga notanish emas. U Turkiya chempionatida katta iz qoldirgan futbolchi va murabbiy.

- Jamoadagilar bilan haligacha aloqangiz saqlanib qolganmi?

- «Paxtakor» yoshlar jamoasida Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov va Vladimir Kozak bilan birga to‘p so‘rganman, ular bilan doimo aloqadaman.

- Turkiya futbolini kamsitmagan holda keyingi savolga o‘tamiz. Ushbu mamlakat quyi divizionlarida o‘ynagandan ko‘ra, «Paxtakor»da qolganingiz afzal emasmidi?

- Bilasizmi, Turkiyaga kelganimda, dastlab ushbu mamlakat Superligasi vakili, mashhur «Beshiktosh» tarbiyalanuvchilari safiga qo‘shilganman. Keyin esa 1-divizionda qatnashuvchi «Manisaspor» jamoasi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolaganman.

Mavsum oxiriga borib jamoam 2-ligaga tushib ketgan. Ammo Turkiya 2 va 3-divizionida legionerlar o‘ynashi taqiqlangani sababli yana jamoamni o‘zgartirishga majbur bo‘lganman.

- Demak, jamoangiz 3-divizionga chiqqanini inobatga olsak, faoliyatingizda yana o‘zgarishlar kuzatilarkan-da?

- Xuddi shunday.

- O‘zbekiston jamoalaridan takliflar bo‘lib turibdimi? Vatanga qaytishga nima deysiz?

- Yuq, hozir mamlakatimizdan hech qanday takliflar bo‘lmadi. Bir kun kelib qaytaman, lekin hozir emas. Endigina 23 yoshdaman.

- Turkiya chempionati o‘z muxlislari bilan ham maqtanishi mumkin. Ushbu birinchilikda sizni lol qoldirgan narsa nima?

- Darhaqiqat, futbol muxlislar bilan yanada go‘zal. Biz tomoshabinlarni stadionga jalb qila olyapmizmi, demak to‘g‘ri yo‘ldamiz. Turkiyada futbolchilarga ajoyib sharoitlar yaratilgan.

Xususan, jamoam 4-divizionda to‘p surdi, lekin bizda mashg‘ulot o‘tkazish uchun 3ta stadion va yashash uchun alohida baza bor.

- Aksariyat legionerlarimiz bilan suhbatlashganimizda, o‘zbek palovini sog‘inishganini aytishadi...

- Albatta, men ham nafaqat oshni, balki o‘zim tug‘ilib-o‘sgan yurtdagi barcha narsani sog‘indim.

- Jamoangizda legioner futbolchilarga munosabat qanday?

- Uch nafar legioner to‘p suramiz. Tabiiyki, mahalliy muxlislar xorijlik futbolchilardan yanada ko‘prog‘ini kutishadi.

- Demak, faoliyatingizni Turkiya chempionatida  davvom ettirasizmi?

- Kelasi mavsumni ushbu birinchilikda boshlasam kerak. O‘z navbatida, boshqa chempionatlarda omadimni sinab ko‘rish niyatim ham yo‘q emas.

- Hozirdanoq takliflar tushishni boshlagandir?

- Albatta, takliflar bor, agentim bilan gaplashib, bir qarorga kelamiz.

- Pepsi Superliga o‘yinlarini kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, bu yil bizning chempionat saviyasi ham ancha oshdi. Xo‘sh, sizningcha, chempionlikka qaysi klub asosiy da’vogar?

- «Bunyodkor». Chunki jamoa yoshlardan tashkil topgan, ularda ishtiyoq yuqori.

- Superligamizdagi hozirda eng kuchli murabbiy kim?

- No‘’mon Hasanov, Mirjalol Qosimov va Ilhom Mo‘minjonov.

- Faoliyatingizdagi eng muhim o‘yin?

- Turkiya kubogi doirasida kechgan «Galatasaroy»ga qarshi bahs.

- Eng katta orzuingiz?

- O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatida ko‘rish.

Jaloliddin QOBILJONOV suhbatlashdi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:41, 12.06.2018.
O'qildi: 3104 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.