Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Marat Bikmayev: «Moddiy ta’minot asosiysi emas»

Marat Bikmayev: «Moddiy ta’minot asosiysi emas»

Baho:
+ | -

Jahon chempionati boshlanishi arafasidagi FIFA kunlari Superligamizga ham ta’sir o‘tkazdi. Milliy jamoamiz ayni shu qisqa tanaffus vaqti Montevideoda Urugvay termasiga qarshi tarixiy o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Yakshanba kuni esa chempionatimiz o‘yinlari yana davom ettirildi. Xullas, 15-tur uchrashuvi oldidan «Lokomotiv» hujumchisi Marat Bikmayevdan maxsus intervyu oldik.

- Marat, qisqa muddatli dam olish kunlari qanday o‘tdi? Ortda qolgan o‘yinlarni tahlil qildinglarmi?

- Ha, albatta. Lekin o‘yinlar natijalariga yopishib olish yaramaydi. Chunki ular endi tarixga aylandi.

- To‘g‘riku-ya, lekin «Lokomotiv» keragidan ko‘p ochko yo‘qotdi. Shaxsan siz omadsiz o‘yinlarni qanday izohlaysiz?

- Hammasiga o‘zimiz aybdormiz. Jamoamiz yutqazgan yoki durang qayd etgan uchrashuvlarda raqiblar bizdan kuchli o‘ynashganini tasdiqlay olmayman. Shunchaki, aksariyat gollarni raqiblarga o‘zimiz sovg‘a qildik.

Xatolarimiz sabab, darhaqiqat, haddan ko‘p ochko yo‘qotdik. Endi o‘sha yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish kerak. Agar qolgan uchrashuvlarda o‘z o‘yinimizni namoyish etsak, mavsumni ijobiy natija bilan yakunlaymiz.

- Umuman, yangi formatdagi turnir ma’qul kelyaptimi?

- Yomon emas, lekin o‘rtada tanaffus yuzaga kelgani yaxshi bo‘lmadi. Har 3-4 kunda o‘ynashga o‘rganib qolgandik.

Mana, terma jamoa o‘yini sabab, Superligada oldindan rejalashtirilmagan tanaffus yuzaga keldi. Murosasiz o‘yinlarning ko‘paygani esa ko‘pchilik qatori meni ham xursand qilyapti.

- Maosh va mukofot pullarini vaqtida olyapsizlarmi? Balki shu narsa ham natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgandir?

- Yo‘q. Buning ta’siri past. Agar hammasi moliyaviy ta’minotga bog‘liq bo‘lganida, bu «Bunyodkor»ning natijalarida aks etardi. «Qaldirg‘ochlar» moliyaviy qiyinchilikka qaramay, turnir jadvalida bizdan yuqorida borishyapti.

Demakki, omadsizlikka faqat va faqat o‘zimiz sababchimiz. Boshqa hech kim va hech qanday omil aybdor emas.

- Klub rahbariyatining yondashuvi qanday? Chempionatning qolgan qismida vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartira olasizlarmi?

- Rahbariyat har holda, xursand emas. Lekin boshqa tomondan, rahbarlar ham vaziyatni to‘g‘ri tushunib, ruhiyatni ko‘tarishga harakat qilishyapti. O‘ylashimcha, hammasi o‘z qo‘limizda. Qaysidir ma’noda chempionatni boshidan boshlaymiz.

Natijalarni ijobiy tomonga o‘zgartirishga qodirmiz, menimcha. Oldinda xorij yig‘ini bor. An’anaga sodiq qolgan holda, Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazamiz. Shu maqsadda 19 iyun kuni safarga jo‘nab ketamiz.

Tabiiyki, u yerda mahalliy klublar bilan bir nechta nazorat uchrashuvlari o‘tkazamiz. Ayni shu o‘yinlar orqali chempionatning qolgan qismiga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Demak, sizningcha, chempionlik uchun hali imkoniyat bor, shundaymi?

- Yangi formatga ko‘ra, kuchli oltilikka kiradigan jamoalarning deyarli barchasida oltin medal yutish imkoniyati saqlanib qoladi. Hozir birinchi galda, shu olti jamoa qatoriga kirib olishimiz kerak. Albatta, shunday bo‘lishiga ishonaman.

Ikkinchi bosqichga o‘tishda 6ta jamoaning turnir jadvalining quyi qismidagi klublar bilan o‘yinlaridagi ochkolari olib tashlanadi. Bu holatda yetakchilardan ortda qolib ketmasligimiz kerak.

Aks holda, chempionlik poygasiga qaytishimiz ancha qiyin kechadi. Hammasi to‘rtinchi davra uchrashuvlarida hal bo‘ladi.

- Terma jamoamizdagi o‘zgarishlarni ham kuzatib boryapsizmi?

- Yoshlarga katta e’tibor qaratilayotganini olqishlash mumkin. Kelajak yoshlar qo‘lida. Jahon chempionati ishtirokchilari - Senegal, Marokash, Eron va Urugvay terma jamoalariga qarshi o‘yinlar yangi tarkib uchun katta tajriba maktabi vazifasini o‘tab berdi. Bunday o‘yinlar qanchalik ko‘paysa, futbolchilar mahorati shunchalik oshib boraveradi. 

- Rossiyada JCH-2018 boshlanish arafasida turibdi. Mundialdan nimalar kutyapiz? Qaysi terma jamoaga muxlislik qilasiz?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 01:37, 13.06.2018.
O'qildi: 3451 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.