Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Umid Ahmadjonov: “Prezident insonlarni afv etmoqda, biz ham adashgan futbolchilarga imkon beramiz”

Umid Ahmadjonov: “Prezident insonlarni afv etmoqda, biz ham adashgan futbolchilarga imkon beramiz”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avvalroq, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi o‘zi chetlatgan besh nafar futbolchiga qayta imkon berishi to‘g‘risida xabar bergan edik.
 
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov yuqoridagi jarayon bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
“Hayotda hamma xato qiladi, buni tushunish mumkin. Ammo, bitta xatoni ikki bor qaytalashni tushunib bo‘lmaydi. Futboldan chetlashtirilgan yigitlar hali ancha yosh. Ular xato yo‘lga kirganini tushunib yetdi. Mamlakatimiz Prezidenti bilmay ayb ish qilayotgan minglab insonlarni afv etayotgan bir vaqtlarida, biz ham tushunib-tushunmay noto‘g‘ri ishga qo‘l urgan futbolchilarga yana bir bor imkon berishimiz kerak. Endi ular g‘irromlik nima ekanini yaxshi tushunadi. Buyog‘iga ulardan o‘zini sportga bahshida etib, yuqori cho‘qqilar sari intilish talab etiladi”, dedi Umid Ahmadjonov.
 
“Yillar davomida o‘smirlarimiz qo‘lga kiritib kelgan yutuqlarga shubha bilan qarashimizning o‘ziyoq uyat. Biz nafaqat bolalar futbolini, balki o‘zimizni aldab kelganmiz. Bizda bolalardan natija talab qilinmaydi, biz katta futboldan natija kutamiz. Bolalar sportini esa sofligicha qoldirish tarafdorimiz. O‘z navbatida mana shu soflikka rahna soladigan insonlarga oramizda joy yo‘q”, deb fikr bildirdi O‘FA birinchi vise-prezidenti.
 
“Hali ham kech emas, hammasini qaytadan, to‘g‘ri yo‘lda boshlash uchun vaqtimiz ham, imkoniyatimiz ham yetarli. Bir necha oylar davomida sevimli kasbidan uzoqda bo‘lgan futbolchilar, qolganlarga o‘rnak bo‘lsin. Zero, keyingi aybdorlar kechirilmasligi ham mumkin. Qaytadan imkoniyat berilayotganlardan esa faqat va faqat yuqori marralarni umid qilib qolamiz. Endi ularda o‘zlarini ko‘rsatish uchun imkoniyat bo‘ladi”, deya fikrini yakunlagan Ahmadjonov MOQ Matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
 
Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilk marotaba muborak Ramazon hayiti munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan 226 nafar fuqaroni afv etgandi.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 00:51, 14.06.2018.
O'qildi: 4380 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик