Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Sport kurashlari. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan navbatdagi master-klass

Sport kurashlari. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan navbatdagi master-klass

Baho:
+ | -

E’tibor berayotgan bo‘lsangiz, so‘nggi vaqtlarda mamlakatimizda sportni rivojlantirishga eng quyi bo‘g‘indan boshlab e’tibor qaratilmoqda. Jismoniy tarbiya va sportni aynan maktabgacha ta’lim muassasasining jajji bolajonlari o‘rtasida ommalashtirish kelajakda yangidan-yangi nomlarni, Olimpiya va jahon chempionlarini yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi bo‘lajak sportchilar uchun turli tadbirlar tashkil etib kelmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri bugun Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 31-sonli «Quvonch» bog‘cha-maktab majmuasida tashkil qilindi. O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu tadbirda milliy terma jamoa a’zolari ham ishtirok etishdi. Unda mamlakatimizning yetakchi polvonlari yosh sportchilar uchun o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. O‘z o‘rnida, bolajonlar bu tadbirdan bir olam taassurot olganliklarini alohida ta’kidlash lozim. Samimiy ruxda kechgan mahorat saboqlari davomida yosh bolakaylar kurash gilamida ilk qadamlarini tashlashdi. Ajab emaski yaqin kelajakda ular orasidan o‘zbek sporti yulduzlari yetishib chiqsa.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:37, 21.06.2018.
O'qildi: 5205 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик