Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Xalqaro Olimpiya kuni bayrami munosabati bilan Milliy olimpiya qo‘mitasi bir guruh sport faxriylarini taqdirladi

Xalqaro Olimpiya kuni bayrami munosabati bilan Milliy olimpiya qo‘mitasi bir guruh sport faxriylarini taqdirladi

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tganimizdek, bugun 23 iyun kuni mamlakatimizda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining “Olympic Day” bayrami keng nishonlanmoqda. Bugun ertalabdan poytaxtimizdagi “Milliy” stadionda yengil atletika hamda velosport bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Unda aholining turli qatlamlari, turli yosh toifasidagi professional va havaskor sportchilar o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi.

Kechki dasturda muhlislarni ajoyib futbol shousi kutib turibdi. Bayram bahonasida Milliy olimpiya qo‘mitasi yurtimiz sportining rivojlanishi, uning taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh faxriylarni mukofotladi. Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini bugungi bayram bilan tabrikladi va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Umid Ahmadjonovning tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng sport faxriylariga pul mukofotlari tantanali vaziyatda topshirildi. Faxriylar nomidan so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy, sportning dzyudo va erkin kurash turlari bo‘yicha jahon chempioni, faoliyati davomida ikki yuzdan ziyod shogirdlar tarbiyalagan Aleksandr Istomin ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Milliy olimpiya qo‘mitasiga minnatorlik izhor qildi.

Tadbirda shuningdek, taniqli sport faxriylari – og‘ir atletika bo‘yicha ikki karra jahon chempioni va rekordchisi Erkin Karimov, Olimpiya o‘yinlari sovrindori Svetlana Babanina, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy, o‘zbek sportchilari orasida gimnastika bo‘yicha birinchi bo‘lib sport ustasi talablarini bajargan Erkin G‘iyosov, qilichbozlik bo‘yicha faxriylar o‘rtasida Osiyo chempioni Bahodir Nazirov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Axbor Imomxo‘jayevlar ishtirok etishdi va taqdirlanishdi.

Sportning basketbol turidan ko‘p karra jahon chempioni, xizmat ko‘rsatgan sportchi Ravilya Salimova hamda boks bo‘yicha jahon chempioni, Oliimpiya o‘yinlarining kumush medali sohibi Rufat Risqiyev kabi faxriylarimizga esa mukofotlar Milliy olimpiya qo‘mitasi xodimlari tomonidan uylariga borib topshiriladigan bo‘ldi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:55, 23.06.2018.
O'qildi: 2779 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.