Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn musobaqaning dastlabki ikki uchrashuvida 5 ta gol urib to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib turibdi.
Tunis bilan bo‘lgan birinchi o‘yinda 24 yoshli futbolchi dubl qayd etgandi, Panamaga qarshi esa xet-trik qayd etdi.
Mazkur musobaqada Keyn darvoza to‘siniga 4 ta zarba berdi. Beshinchi gol panamalik futbolchiga tegib darvozadan joy oldi.