Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-2 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 0-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

"Metallurg" besh nafar o‘yinchi bilan xayrlashdi

"Metallurg" besh nafar o‘yinchi bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Metallurg” jamoasi tarkibida yuz berayotgan o‘zgarishlar muxlislarimizni qiziqtirmasdan qolmaydi.

Shundan kelib chiqqan holda “Metallurg”ning asosiy tarkibi hamda yoshlar tarkibi yig‘inlarida bir qator yangi futbolchilar qatnashishyapti. Ular orasida poytaxt, vodiy jamoalaridan kelgan tajribali o‘yinchilar bilan bir qatorda yoshlar birinchiligida to‘p surayotgan futbolchilar ham bor.

Ulardan kimlar jamoada qolishi hali aniq bo‘lmaganligi bois ma’lumot berishni lozim topmadik. Biroq klub rahbariyati shu hafta o‘tadigan nazorat uchrashuvlaridan keyin O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga qo‘shimcha buyurtmanomalarni topshiradi. Shundan so‘ng, yangi kelib qo‘shilgan o‘yinchilar haqida aniq ma’lumotlarni siz aziz muxlislarimizga yetkazamiz.


Jamoani bugungi kunda tark etgan o‘yinchilar haqida esa yangiliklar bor. Xususan, Dilyorbek Irmatov o‘zining qadrdon jamoasi – “Neftchi”ga qaytib ketdi. Hujumchi Pavel Purishkin esa Samarqandning “Dinamo” jamoasi bilan kelishuvga erishdi. Shuningdek, Javohir Sohibov, Jamshid Yusupov va Saidjamol Davlatjonovlar bilan ham xayrlashildi.

“Metallurg” futbol klubi rahbariyati, muxlislari nomidan ushbu futbolchilarning barchasiga mavsumning birinchi qismidagi yordamlari, hamkorligi uchun katta minnatdorchilik bildiramiz va ularga kelgusi faoliyatlarida omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Manba: Металлург Инстаграмм саҳифаси
Kiritildi: 21:32, 24.06.2018.
O'qildi: 4991 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик