Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

JCH-2018. Portugaliya bilan xayrlashishimizga oz qoldi

JCH-2018. Portugaliya bilan xayrlashishimizga oz qoldi

Baho:
+ | -

Jahon chempionatining "V" guruhidan nimchorak finalga chiqqan jamoalar nomi aniq bo‘ldi. So‘nggi tur oldidan Marokash pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan bo‘lsa, qolgan 3ta terma jamoa — Ispaniya, Portugaliya va Eron ikkita yo‘llanma uchun kurash olib borishi kerak edi.

Parallel kechgan o‘yinlar juda shiddatli kechdi. Keling, avval Eron - Portugaliya bahsiga to‘xtalamiz. Birinchi bo‘limda har ikkala jamoa imkon qadar yopiq o‘yin namoyish qilishga urinishdi. To‘p nazorati bo‘yicha ustunlik Santush shogirdlari tomonida bo‘ldi, forslar esa qarshi hujumlarda harakat qilishdi. Bugun asosiy tarkibda maydonga tushgan Rikardu Kuarejma birinchi bo‘lim so‘ngida o‘ziga xos uslubda — o‘ng oyog‘ining tashqi qismi bilan aylanma zarba berib, Beyranvandni dog‘da qoldirdi.

Ikkinchi bo‘limda paragvaylik hakam Enrike Kaseres juda ko‘p marotaba VAR tizimiga murojaat qildi. Dastlab, uchrashuvning 53-daqiqasida u videotakror orqali Eron darvozasiga murojaat qildi. Jabrlanuvchinig o‘zi — Krishtianu Ronaldu 11 metrli jarimajan zarba yo‘lladi. Ammo Eron posboni bu zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan keyin o‘yinning harorati keskin oshib ketdi. Juda ko‘p to‘qnashuvlar, hakam bilan bahslar ro‘y berdi. Hattoki Ronaldu ham o‘z asablarini jilovlay olmadi va raqib himoyachisining yuziga tirsagi bilan zarba berdi. Hakam videotakrorlarni ko‘rdi, VARdagilar bilan uzoq maslahatlashdi va portugaliyalik yulduzga sariq kartochka ko‘rsatishga qaror qildi. Bu vaziyat "qizil"ga ham tortar edi.

Uchrashuvning kulminasion nuqtasi qo‘shib berilgan daqiqalarga to‘g‘ri keldi. Azmun bosh bilan zarba bergan paytda, to‘p uning yonida turgan Kasaresning qo‘liga tegdi. Yana videotakror va penalti! Karim Ansarifard qaytarib bo‘lmas zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Oradan bir daqiqa o‘tib eronliklar g‘alabani ilib ketishlari mumkin edi. Tarimiy darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqdi va juda yaqin masofadan aniq zarba bera olmadi. Agar gol urganidami, Portugaliya terma jamoasi muxlislarini yig‘latgan bo‘lardi, biroq ularning o‘rniga o‘yindan so‘ng Mehdining o‘zi yig‘ladi, uzoq yig‘ladi...

Shu tariqa, Portugaliya terma jamoasi "V" guruhida 2-o‘rinni egalladi va nimchorak finalda Urugvay bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.

JCH-2018, "V" guruhi, 3-tur
Eron – Portugaliya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 45 Kuarejma, 1:1 – 90, penalti Ansarifard.
Eron – Beyranvand, Rezayan, Puraliganjiy, Hussayniy, Hojisafiy (Muhammadiy, 56), Izzatullohiy (Ansarifard, 76), Jahonbaxsh (Goddos, 70), Ibrohimiy, Amiriy, Taremiy, Azmun.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Soaresh, Pepe, Fonte, Gerreyru, Kuarejma (Bernardu Silva, 70), Adriyen Silva, Vilyam Karvalyu, Joau Mariu (Moutinyu, 84), Andre Silva (Gonsalu Gedesh, 90), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Gerreyru (33), Hojisafiy (52), Azmun (54), Kuarejma (64), Ronaldu (83), Soaresh (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:09, 26.06.2018.
O'qildi: 9400 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.