Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

O‘zbek dzyudosida o‘zgarish. Federasiyaga vaqtincha rais vazifasini bajaruvchi tayinlandi

O‘zbek dzyudosida o‘zgarish. Federasiyaga vaqtincha rais vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Baho:
+ | -

Kecha poytaxtimizdagi Osiyo dzyudo markazida O‘zbekiston dzyudo federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov, shuningdek, O‘zbekiston dzyudo federasiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Sir emaski, o‘zbekistonlik dzyudochilar Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, qit’a va jahon chempionatlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib keladilar. Oldinda muhim musobaqa – Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari bizni kutib turibdi. O‘zbekiston dzyudo federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shavkat Mo‘minov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tashkilotga yangi rahbar saylanishi lozim edi. Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala shu bo‘ldi.

Yig‘ilish qatnashchilarining taklif va mulohazalari, fikrlari inobatga olinib, O‘zbekiston dzyudo federasiyasiga Olimpiya o‘yinlari sovrindori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi Armen Bagdasarov vaqtinchalik rais vazifasini bajaruvchi etib saylandi.

Shuningdek, konferensiya davomida Farxod To‘rayev O‘zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanib, sportchilarimizni bevosita Osiyo o‘yinlariga tayyorlaydigan bo‘ldi.

Hisobot-saylov konferensiyasida federasiyaning yangi rahbari oldiga bir qator vazifalar belgilab berildi. Jumladan, Osiyo o‘yinlarida natijalar samaradorligini oshirish, dzyudoning ommaviyligini yanada ko‘tarish, bu borada sportning ushbu turi ommaviyligini kerak bo‘lsa futboldan ham oshirish asosiy vazifa qilib belgilandi.

Unga ko‘ra, yaqin vaqt ichida mamlakatimizda dzyudoni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Yangi rahbariyat oldiga Respublikamiz bo‘ylab seleksiya ishlarini kuchaytirish, jismoniy baquvvat yoshlarni topib, ularni yangi nom sifatida terma jamoaga tayyorlab berish vazifasi qo‘yildi. Bugungi kunda olib borilayotgan siyosatga monand, dzyudo ham aholi orasida eng quyi bo‘g‘indan, ya’ni maktabgacha ta’lim muassasasidan boshlab rivojlantiriladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:58, 29.06.2018.
O'qildi: 2924 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.