Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Buenos-Ayres Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan yengil atletikachilarimiz Toshkentda tantanali kutib olindi

Buenos-Ayres Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan yengil atletikachilarimiz Toshkentda tantanali kutib olindi

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tganimizdek, Bangkok shahrida yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi. Unda o‘zbekistonlik yosh atletlar ham ishtirok etishdi.

E’tiborlisi, ushbu nufuzli musobaqada uch nafar sportchimiz – Regina Adashboyeva (bosqon uloqtirish), Roksana Xudoyarova (uchxatlab sakrash) va Umid Hasanov (bosqon uloqtirish) belgilangan me’yorni bajarib, oktyabr oyida Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Bugun terma jamoamiz a’zolari musobaqadagi ishtiroklarini yakunlab, yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi va yengil atletika federasiyasi mutasaddilari, murabbiylar, sportchilarning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.

«Musobaqa his-hayajonli damlarga boy bo‘ldi. Osiyo chempionati oldidan juda hayajonlangandim. Ammo, yakunda o‘z maqsadimga yetdim va vatanimiz uchun muhim bo‘lgan yo‘llanmani qo‘lga kirita oldim. Bu faqat boshlanishi. Endi bizni Argentinadagi Olimpiya o‘yinlari kutib turibdi. O‘yinlargacha qattiq tayyorgarlik ko‘ramiz va u yerda ham medallar qo‘lga kiritib, yurtdoshlarimizni xursand qilmoqchimiz», – dedi Olimpiya o‘yinlarining bo‘lajak ishtirokchisi Roksana Xudoyarova.

Qayd etish lozimki, yengil atletikachilarimizning lisenziyalari orqali O‘zbekiston sport delegasiyasining Argentina Olimpiadasi uchun yo‘llanmalari soni 29taga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich mamlakatimiz uchun o‘smirlar Olimpiya o‘yinlaridagi rekord hisoblanadi. Bungacha O‘zbekiston delegasiyasi o‘smirlar Olimpiadasida ko‘pi bilan 28 nafar sportchi bilan ishtirok etgan. Hali oldinda suzish, dzyudo va tennis bo‘yicha lisenziyalar qo‘lga kiritilishi ehtimoli mavjudligini hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu natija yanada yaxshilanishi aniq.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:03, 06.07.2018.
O'qildi: 3050 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.