Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

JCH-2018. Fransiya - Belgiya. Hozircha kuchlar teng

JCH-2018. Fransiya - Belgiya. Hozircha kuchlar teng

Baho:
+ | -

Jahon chempionatining dastlabki yarim final bahsi bo‘lib o‘tmoqda. Fransiya va Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi bo‘limi yakuniga yetdi.

Dastlabki 45 daqiqalik juda qiziqarli kechdi, xavfli vaziyatlarga boy bo‘ldi. O‘yin boshidan belgiyaliklar to‘p nazoratini o‘z tomoniga olishdi. "Qizil iblislar" bir necha marta qiziqarli kombinasiyalar tashkil qilishdi. Bahsning 16-daqiqasida de Bryuynening uzatmasidan keyin Azar jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni egalladi va zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib Eden yana bir zarba yo‘lladi, ammo bu safar vaziyat bor-yo‘g‘i burchak to‘pi bilan yakunlandi. Oradan 2 daqiqa o‘tib belgiyaliklar hisobni ochishga yaqin kelishdi. Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan vaziyatda to‘p Alderveyreldga kelib tushdi. Uning zarbasi naq "to‘qqizlik"ga kirayotgandi, ammo Lyoris mahorat ko‘rsatib, zarbani qaytardi.

Bo‘limning ikkinchi yarmida endi fransuzlar xavfli vaziyatlar yarata boshlashdi. Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida Kilian o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va narigi tomondan yordamga kelayotgan Jiruga pas berdi. Olivye zarba berishni qoyillatmadi.

Bahsning 39-daqiqasida Mbappe jarima maydonchasiga yashirin uzatma berdi va Pavar darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Fransuz himoyachisining zarbasini Kurtua oyog‘i bilan qaytarib qoldi. Agar Pavar biroz, ko‘p emas, bir qarich balandroq zarba berganida, to‘p aniq to‘rga borib tushgan bo‘lardi.

Hozircha Fransiya - Belgiya o‘yinida shunday gaplar.

JCH-2018, yarim final
Fransiya – Belgiya 0:0 (birinchi bo‘limdan so‘ng)
10 iyul, 23.00, «Krestovskiy»
Fransiya – Lyoris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Kante, Pogba, Matyuidi, Grizmann, Jiru, Mbappe.
Belgiya – Kurtua, Vertongen, Alderveyreld, Kompani, Shadli, Vitsel, de Bryuyne, Fellayni, Dembele, Azar, Lukaku.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:42, 10.07.2018.
O'qildi: 4036 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.