Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

JCH-2018. Sensasiya! Xorvatiya — finalda!

JCH-2018. Sensasiya! Xorvatiya — finalda!

Baho:
+ | -

Jahon chempionatining ikkinchi yarim final juftligida kutilmagan natija qayd etildi. Xorvatiya terma jamoasi Angliya ustidan irodali g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq hisob ochildi. Kiran Trippye jarimadan  shu darajada aniq zarba berdiki, to‘p "to‘qqizlik"ga kirib ketdi! Mazkur gol tufaylimi yoki xorvatlar pley-off bosqichining avvalgi 2ta bahsida 120 daqiqa o‘ynagani uchun, tanaffusga qadar ularning o‘yini u qadar qovushmadi. Aksincha, inglizlar o‘yinning 31-daqiqasida hisobdagi farqni oshirish imkoniyatida foydalana olishmadi. Lingard jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egallab, ichkaridagi Keynni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Harrining zarbasini Subashich qaytardi, Keyn to‘pga yetib borib, o‘tkir burchak ostida juda yaqin masofadan zarba berdi. To‘p ustunga, so‘ngra darvozabonning oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Xorvatiya kutilmaganda hisobni tenglashtirib qo‘ydi. O‘ng qanotdan havolatib jarima maydonchasiga uzatma berildi. Uoker bosh bilan to‘pni qaytarmoqchi bo‘lganida, Perishich oyog‘ini baland ko‘tarib, to‘pni darvozaga burib yubordi.

Oradan 4 daqiqa o‘tib Ivan Perishichning o‘zi jamoasini hisobda oldinga olib chiqishi kerak edi. Futbolchi raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, chap tomonga bir himoyachini aldadi va olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi! Qaytgan to‘pga Rebich 10 metrlardan zarba berdi. Bu safar Pikford to‘pni egalladi.

Ekstra-taymlarning dastlabkisida Sautgeyt shogirdlarida bitta ajoyib imkoniyat yuzaga keldi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Stounz bosh bilan zarba berdi. To‘p esa ustunga tegib qaytdi.

Barchasi penaltilar seriyasiga qarab ketayotgandek edi, ammo Xorvatiya g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab Angliya jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Stounz qaytardi. Yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni Perishich bosh bilan jarima maydonchasi qaytardi. Buni himoyachilar kutmagandi shekilli, ular Manjukichni bo‘sh qoldirishdi. Mario yaqin masofadan darvozani zabt etdi!

Qolgan daqiqalarda Angliya katta kuch bilan oldinga tashlandi, ammo ular golga tortadigan vaziyat yarata olishmadi.

Shu tariqa, Xorvatiya terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta Jahon chempionati finaliga chiqdi. Chempionlik uchun kurashda ularga Fransiya raqiblik qiladi. Belgiya va Angliya terma jamoalari bronza medali uchun maydonga chiqadilar.

JCH-2018. yarim final
Xorvatiya – Angliya 2:1 (0:1, 1:0, 0:0)
Gollar: 0:1 – 5 Trippyer, 1:1 – 68 Perishich, 2:1 – 109 Mandjukich.
Xorvatiya – Subashich, Lovren, Strinich (Pivarich, 95), Vrsalko, Vida, Rakitich, Brozovich, Perishich, Modrich (Badel, 119), Rebich (Kramarich, 101), Mandjukich (CHorluka, 115).
Angliya – Pikford, Uoker (Vardi, 112), Stounz, Yang (Rouz, 90), Maguayr, Alli, Lingard, Sterling (Reshford, 74), Xenderson (Dayer, 97), Trippyer, Keyn.
Ogohlantirishlar: Manjukich (48), Uoker (54), Rebich (96).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:38, 12.07.2018.
O'qildi: 10400 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик