Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
04/02 00:45 Bolonya - Milan

«CAFA U-15 championship». Poytaxtimizda yana bir nufuzli musobaqa

«CAFA U-15 championship». Poytaxtimizda yana bir nufuzli musobaqa

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise Prezidenti va Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan joriy yilning 3-10 iyul kunlari poytaxtimiz “CAFA U-16 championship” mintaqa chempionatiga mezbonlik qilgan edi. Bu musobaqada Usmon Toshev boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Tojikiston, Afg‘oniston va Qirg‘iziston terma jamoalarini mag‘lub etib musobaqa g‘olibiga aylanganidan futbol ixlosmandlarining xabarlari bor.

Joriy yilning 22-30 iyul kunlari Toshkent shahri Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi tomonidan tashkil qilinayotgan yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladigan bo‘ldi. O‘smirlar va yoshlar futbolini rivojlantirish dasturi asosida bu safar “CAFA U-15 championship” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu musobaqada Azamat Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston U-15 terma jamoasi, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkmaniston, Eron va Qirg‘iziston terma jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib boradilar. Bahslar “Milliy”, “Paxtakor” hamda “Lokomotiv” stadionlarida o‘tkaziladi.

“CAFA U-15 championship” musobaqasining o‘yinlari taqvimi:
22.07.2018 18:30 Turkmaniston – O‘zbekiston (“Milliy” stadioni)
22.07.2018 21:00 Qirg‘iziston – Eron (“Milliy” stadioni)
22.07.2018 21:00 Afg‘oniston – Tojikiston (“Lokomotiv” stadioni)

24.07.2018 18:30 O‘zbekiston – Tojikiston (“Lokomotiv” stadioni)
24.07.2018 21:00 Afg‘oniston – Qirg‘iziston (“Lokomotiv” stadioni)
24.07.2018 21:00 Turkmaniston – Eron (“Paxtakor” stadioni)

26.07.2018 18:30 Tojikiston – Turkmaniston (“Milliy” stadioni)
26.07.2018 21:00 Eron – Afg‘oniston (“Milliy” stadioni)
26.07.2018 21:00 O‘zbekiston – Qirg‘iziston (“Lokomotiv” stadioni)

28.07.2018 18:30 Qirg‘iziston – Tojikiston (“Milliy” stadioni)
28.07.2018 21:00 Eron – O‘zbekiston (“Milliy” stadioni)
28.07.2018 21:00 Afg‘oniston – Turkmaniston (“Paxtakor” stadioni)

30.07.2018 18:30 Tojikiston – Eron (“Milliy” stadioni)
30.07.2018 21:00 Turkmaniston – Qirg‘iziston (“Lokomotiv” stadioni)
30.07.2018 21:00 O‘zbekiston – Afg‘oniston (“Milliy” stadioni)

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:52, 13.07.2018.
O'qildi: 3127 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.