Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

O‘zbekiston maxsus olimpiya jamoasini «Gothia Cup» musobaqasiga kuzatish marosimi o‘tkazildi

O‘zbekiston maxsus olimpiya jamoasini «Gothia Cup» musobaqasiga kuzatish marosimi o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2018 yil 13 iyul kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasining anjumanlar zalida Shvesiyaning Geteborg shahrida o‘tkaziladigan “Gothia Cup” maxsus futbol musobaqasida ishtirok etish uchun jo‘nab ketayotgan maxsus olimpiya jamoasini kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Bosh kotibi Sardor Rahmatullayev, Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G‘ofurov, murabbiylar shtabi, futbolchilarning ota-onalari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Kuzatuv marosimida so‘zga chiqqan O‘FA bosh kotibi Sardor Rahmatullayev va Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G‘ofurov barcha futbolchilarga O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning tabrigini yetkazib,  ularga bo‘lajak musobaqada omad yor bo‘lishini tilashdi. Shuningdek, yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishlariga umid bildirib o‘tishdi.

O‘z o‘rnida futbolchilar nomidan so‘zga chiqqan Abbos Mahkamov ko‘rsatilayotgan e’tibor va bildirilayotgan ishonch uchun rahbariyatga minnatdorchilik izhor qilib, musobaqa yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishga va’da berib o‘tdi. 

“Gothia Cup” yoshlar futbol musobaqasi Shvesiyaning Geteborg shahrida har yili o‘tkazilib, unda dunyoning 80ta davlatidan tashrif buyurgan yoshlar va qizlar jamoalari ishtirok etishadi. Ishtirokchilar soniga ko‘ra bu turnir dunyodagi eng yirik musobaqalardan biri hisoblandi. 1975 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan bu musobaqada shu kunga qadar 80 dan oshiq davlatlardan 1 750 jamoa va 37 000 dan ziyod sportchilar ishtirok etishgan.

Ushbu musobaqa bir hafta davom etib, Geteborg shahrining asosiy tadbiriga aylanadi. Shahardagi 110 ta maydonda 4 500 ta o‘yin o‘tkazilib 300 000 dan ziyod tomoshabin tashrif buyuradi.

Bu yilgi musobaqada 12 ta davlatdan tashrif buyurgan 25 ta jamoa, xususan O‘zbekiston maxsus olimpiya jamoasi ham qatnashadi.

Jamoamiz joriy musobaqada to‘rtinchi marta ishtirok etadi. Futbolchilarimiz shu kunga qadar bo‘lib o‘tgan musobaqalarda ketma-ket 3 marotaba yurtimizga kumush medallar bilan qaytishgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:58, 13.07.2018.
O'qildi: 3280 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.