Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Domagoy Vida "Ukrainaga shon-sharaflar" degan xitobi uchun FIFA tomonidlan jazolanmaydi.
"Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Domagoy Vida qatnashgan va OAVda tarqalgan vidolavha chuqur tekshirilganidan so‘ng FIFA tartib-intizom qo‘mitasi rahbari shuni aniqladiki, videoyozuv FIFA Vidani jazolash haqidagi birinchi qaror e’lon qilinganidan so‘ng yozilgan.
Shu sababli futbolchi tomonidan FIFA reglamenti buzilmagan deb topdi", - deyiladi FIFA xabarida.