Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

O‘zbekistonda yozgi transferlar oynasi rasman yopildi

O‘zbekistonda yozgi transferlar oynasi rasman yopildi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi yozgi transferlar oynasi 18 iyun – 15 iyul sanalari oralig‘ida bo‘lishini ma’lum qilgan edi.

Transferlar oynasi ochilish va yopilish sanalariga hech qanday o‘zgartirish kiritilmadi. Superliga hamda Pro-liga ishtirokchi jamoalari mazkur davr oralig‘ida o‘z tarkiblarini yangi futbolchilar bilan to‘ldirib olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. O‘zbekistonda yozgi transferlar davri reglamentda belgilangani kabi, 4 haftadan oshmaydigan muddatda, ya’ni 18 iyun - 15 iyul sanalari oralig‘ida bo‘lishi FIFA tomonidan tasdiqlangan edi.

PFL yozgi transferlar oynasi davomida futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni nihoyasiga yetganini ma’lum qiladi. Barcha klublar belgilangan muddat davomida yangi futbolchilar bilan shartnomalar imzolashdi va ularni mavsumning ikkinchi qismida maydonga tusha olishlari uchun PFLda ro‘yxatdan o‘tkazishdi. PFL 16 iyul soat 00:00dan so‘ng futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazmaydi. Endi faqatgina belgilangan muddat yakunlanmasdan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlari taqdim etilgan, biroq hujjatlarida kichik kamchiliklar bo‘lgan bir necha nafar futbolchilargagina lisenziyalar berilishi mumkin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 04:26, 16.07.2018.
O'qildi: 4504 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.