Moskva shahar sudi JCH-2018 finalida "Lujniki" stadioni maydoniga yugurib chiqqan Pussy Riot a’zolarini aybdor deb topdi.
Veronika Nikulshina, Olga Kuracheva, Petr Verzilov va Olga Paxtusovaga 15 sutkalik ma’muriy jazo tayinlandi. Ularga 3 yil davomida sport tadbirlariga kelish taqiqlandi.
Bundan tashqri sud ulardan maydonga yugurib tushgan vaqtida kiygan polisiya formasini tortib olishga qaror chiqardi.