Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Moskva JCHda turistlardan qancha foyda ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Moskva JCHda turistlardan qancha foyda ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishi vaqtida poytaxt Moskva shahri turistlardan qancha daromad ko‘rgani hisoblab chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Moskva chempionat davomida 19 milliard rubl foyda ko‘rgan, shundan 13 milliardi poytaxt byudjetiga tushgan.

“Moskva byudjeti 13 milliard rublga yaqin foyda oldi. Buni nima bilan solishtirish mumkin? “Lujniki” stadioni bizga 25 milliard rublga tushdi”, deydi Moskva meri Sergey Sobyanin.

Mer “Lujniki” bu toifa stadionlarning eng arzoni ekanini ta’kidlagan va uni qurishga ketgan mablag‘ning yarmi turistlar hisobidan qoplanib bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

Moskvaga kelgan muxlislar 96,6 milliard rubl sarflaganlar. Chempionat davomida poytaxtga jami 3,8 million nafar turist kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada o‘tgan musobaqada Fransiya Xorvatiyani 4:2 hisobda yengib chempion bo‘ldi.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 10:10, 18.07.2018.
O'qildi: 13140 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик