Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Umid Ahmadjonov Italiya futbol federasiyasi mutasaddilari bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov Italiya futbol federasiyasi mutasaddilari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizda futbolni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator futboli rivojlangan xorijiy mamlakatlar futbol assosiasiyalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yib kelmoqda.   O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov tashabbusi bilan Italiya futbol assosiasiyasi bilan ham hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.   Kelishuvga asosan, Italiya murabbiylari assosiasiyasi prezidenti va Italiya futbol federasiyasi murabbiylar maktabi rahbari Renso Ulivyeri hamda Italiya futbol federasiyasining Yoshlar sektori texnik koordinatori, "Atalanta" klubi akademiyasi mutaxassisi Stefano Bonakkorsolar Toshkentga tashrif buyurb, yurtimizdagi murabbiylar uchun seminar o‘tkazishmoqda.   Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Renso Ulivyeri va Stefano Bonakkorsolar bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida Italiya futbol federasiyasi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yurtimizdagi mutaxassislar, jumladan, futbol murabbiylarining malakasini oshirishda Italiya futboli tajribasidan unumli foydalanish, ish o‘rganish maqsadida murabbiylarimizni Italiyaga yuborish masalalari muhokama qilindi.   Ma’lumot uchun italiyalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilayotgan seminarlar davomida murabbiylarga mashg‘ulot o‘tkazish tartibi, uchrashuvlarga taktik va jismoniy tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilinadi. Seminarlarning so‘nggi kuniga seleksionerlar ham jalb qilinadi. Kunning dastlabki qismida nazariy mashg‘ulotlar o‘tilsa, kunning ikkinchi qismida esa amaliy mashg‘ulotlarga navbat beriladi.    
Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:56, 19.07.2018.
O'qildi: 2757 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик