Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Shohsupa sari yo‘l». Rustam Ashurmatov: «Osiyo o‘yinlarida faqat chempionlik uchun kurashamiz»

«Shohsupa sari yo‘l». Rustam Ashurmatov: «Osiyo o‘yinlarida faqat chempionlik uchun kurashamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va Media departamenti Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari oldidan «Shohsupa sari yo‘l» loyihasini ishga tushirgan. Unda qit’aning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etadigan o‘zbek sportchilari mehmonimiz bo‘lib, bir necha savollarimizga javob qaytaradilar. Bungacha yengil atletikachi Nadiya Dusanova, bokschimiz Isroil Madrimov, taekvondo sporti ustasi Nigora Tursunqulova kabi yurtdoshlarimiz mazkur loyihada savollarimizga javob qaytarishgandi. Bugun esa Osiyo chempioni, futbolchi Rustam Ashurmatov bilan uyushtirilgan qisqa suhbatni e’tiboringizga taqdim etamiz.

Nima uchun aynan futbol?

Futbolga oilaviy qiziqamiz. Oilamiz a’zolari sportning ushbu turini jon-dildan sevishadi. Futbolni tanlashimda ushbu omil muhim rol o‘ynagan. Shu sababdan ham futbol bilan professional tarzda shug‘ullanishni boshlaganman.

Ovqatlanish tartibi

Sportchilar ovqatlanishga jiddiy e’tibor qaratishadi. Shu qatori men ham imkon darajasida tabiiy mahsulotlarni iste’mol qilishga va albatta o‘z vaqtida, tartib bilan ovqatlanishga harakat qilaman.

Sevimli sportchisi haqida

Qaysidir sportchini bu borada alohida ko‘rsata olmayman. O‘z ishining ustalari, xaqiqiy professionallarga havas qilaman va ulardan o‘zimga kerak bo‘lgan hislatlarni olishga intilaman.

Faoliyati davomida yodda qolgan holat

Futbolchilik faoliyatim davomida judayam ko‘p qiziqarli, kutilmagan voqealarga duch kelaman. Shulardan biri, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ro‘y bergandi. O‘shanda hal qiluvchi final o‘yini davomida kuchli qor yoqqanligi sababli birinchi bo‘limda oq, ikkinchi taymda esa ko‘k libosda maydonga chiqqanmiz. Menimcha bunday holat avvallari bo‘lmagan. Bunday finalni xech qachon esdan chiqarib bo‘lmaydi.

Chempionlikka erishish uchun nima qilish lozim?

Chempion bo‘lish uchun faqat mehnat, harakat va yaqinlar duosi lozim bo‘ladi. Sportchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsaddan chekinmasa, tinmay harakatda bo‘lsa albatta o‘z maqsadiga yetishadi. Sportda har bir mayda ko‘ringan narsaga ham e’tibor qaratish talab etiladi. Shunda chempionlik sari olg‘a yurish mumkin bo‘ladi.

Osiyo o‘yinlari oldidan

Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarini biz sportchilar orziqib kutyapmiz. U yerda qit’amizning eng kuchli atletlari jam bo‘ladilar. O‘z navbatida biz ham musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Unutmaslik lozimki, biz Djakartaga Osiyo chempionlari sifatida tashrif buyuramiz. Demak har qanday raqib bizga qarshi ikki karra ko‘proq ishtiyoq bilan to‘p suradi. Ammo shunga qaramay, biz faqat chempionlik uchun kurash olib boramiz. Umuman olganda O‘zbekiston ushbu o‘yinlarda nafaqat futboldan, balki boshqa sport turlaridan ham muvaffaqiyatli ishtirok etishni maqsad qilib qo‘ygan. Prezidentimizning biz yoshlarga g‘amho‘rligi, xalqimizning duosi bilan biz nasib bo‘lsa albatta o‘z maqsadimizga yetishamiz.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:03, 19.07.2018.
O'qildi: 3150 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.