Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

O‘zbekiston terma jamoasi bitta libos to‘plami bilan Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqqan

O‘zbekiston terma jamoasi bitta libos to‘plami bilan Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqqan

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi 1994 yilgi Osiyo o‘yinlarida faqat bitta libos to‘plamida o‘ynab, g‘alaba qozongan, deb yozmoqda jurnalist Alisher Nikimbayev.

Asiadaning barcha 7ta o‘yinida o‘zbekistonliklar ko‘k futbolka va oq shortikda o‘ynagan. Jamoada libosning zaxira to‘plami bo‘lmagan.

O‘zbekiston futbol federasiyasi Xirosimaga terma jamoani yuborishdan oldin, omborda birorta libos to‘plami yo‘qligini aniqlagan. Shunda, tadbirkor Dmitriy Shchelochkovga zudlik bilan libos tikishga buyurtma berilgan (hozirgi kunda uning kichik fabrikasi bor). Shchelochkov topshiriqni tezda bajarib, ko‘k rangli futbolkalarni tikib bergan. Faqat futbolkalarni. Oq rangli shortiklar va getrilar esa O‘FF omboridan topilgan. 

Shchelochkov futbolkalarni faqat raqamlab bergan, hech qanday familiya yozmagan. Xirosimaga yetib borgach, familiya yozilmagan futbolkalarda maydonga tushish mumkin emasligi ma’lum bo‘lgan. Ilk o‘yingacha esa atigi 1 kun qolgan edi. Shunda Yaponiya va O‘zbekiston do‘stlik jamiyati vakillari yordamida, dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, kichik bir firma topilib, barcha futbolkalarga familiyalar yozilgan.

Natijada, musobaqa boshlanishiga bir necha soat qolganida O‘zbekiston terma jamoasi liboslarning yaroqli to‘plamiga ega bo‘lgan. Qizig‘i shundaki, bu to‘plam yagona edi va bo‘lajak raqiblardan hech kim ko‘k libosda o‘ynashni istab qolmasligini umid qilish mumkin edi xolos.

Amalda shunday bo‘lib ham chiqdi. Barcha 7ta raqib ko‘k bo‘lmagan liboslarda maydonga tushdi. Bu esa O‘FFni noxush holatlardan qutqarib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Xirosima-94 finalida O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyni 4:2 hisobida yengib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 19:19, 28.07.2018.
O'qildi: 4869 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик