Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Taniqli futbol mutaxassisi San’at Sharipov O‘FAda maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi

Taniqli futbol mutaxassisi San’at Sharipov O‘FAda maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

San’at Sharipovni yurtimizdagi futbol muxlislari juda yaxshi bilishadi. Bu inson bir necha yil davomida dastlab agent sifatida faoliyat yuritib, ko‘plab o‘zbekistonlik futbolchilarni xorij klublarida to‘p surib, legionerga aylanishlariga yordam bergan. 

Bundan tashqari, San’at Sharipovni Jahon chempionati, Yevropa chempionati kabi katta musobaqalardan tayyorlagan videreportajlari va maqolalarini ham futbol muxlislari tomosha qilishgan hamda o‘qishgan. 

U 2003 yil Moskvadagi Lomonosov nomidagi Jurnalistika fakultetini tamomlagan hamda 2016 yil Shveysariyaning Syurix shahridagi Xalqaro Huquq fakultetining Xalqaro Sport yo‘nalishida ta’lim olib, uni muvaffaqiyatli yakunlagan.

Shuningdek, 2016 yil Janubiy Afrika Respublikasi Futbol assosiasiyasida futbolni rivojlantirish bo‘limida ish olib borgan. Katta xalqaro tajribaga ega bo‘lgan futbol mutaxassisi San’at Sharipov endilikda O‘zbekiston futbol assosiasiyasida maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi. 

U Yevropa futbolidagi yutuqlar, boy tajriba va futbolchilarni tarbiyalashda yo‘lga qo‘yilgan tizim, mahalliy futbolchilarning xorij klublari bilan shartnoma imzolashda ahamiyat qaratishi kerak bo‘lgan jihatlar kabi ko‘plab masalalarda o‘zining qimmatli maslahatlari bilan o‘rtoqlashib boradi. 

“O‘zbekiston futbol assosiasiyasida maslahatchi sifatida faoliyat yuritish, umuman, o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shish men uchun katta sharaf. O‘z bilim va tajribamni yurtimiz futboli ravnaqi yo‘lida sarflashga tayyorman.

Umid qilamanki, O‘FA rahbariyati tomonidan olib borilayotgan islohotlar tez orada o‘z samarasini berib, terma jamoalarimizni Olimpiada va Jahon chempionatlarida ko‘rish nasib etadi”, - deydi San’at Sharipov.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 20:07, 30.07.2018.
O'qildi: 2544 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик