Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ektor Kuper haqida jahonga mashhur axborot agentliklari xabar berishda davom etishmoqda

Ektor Kuper haqida jahonga mashhur axborot agentliklari xabar berishda davom etishmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi argentinalik mutaxassis Ektor Kuper bilan shartnoma imzolagani, 6 avgust kuni u milliy terma jamoamizning bosh murabbiyi sifatida tanishtirilishi xaqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jahonga mashhur mutaxassisning kelayotgani xaqida dunyoning ko‘plab mashhur ommaviy axborot vositalari xabar berishda davom etmoqda. Ular Ektor Kuper va O‘zbekiston milliy terma jamoasi xaqida bir qator ma’lumotlarni chop etib, o‘z taxminlarini ilgari surishyapti.

Ispaniyaning eng nufuzli nashrlaridan biri AS.com “Former Egypt coach Héctor Cúper named as Uzbekistan’s new manager” “Misrning sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi deb e’lon qilindi” nomli maqolasini chop etdi. Maqolada Ektor Kuper Misr davlatini 28 yil deganda jahon chempionatiga olib chiqqani, Toshkent shahriga 6 avgust kuni uchib kelishi hamda klublardagi faoliyati haqida bir qator qiziqarli ma’lumotlar berilgan.

Butun dunyoda yetakchi o‘rinlardan birida turgan euronews.com axborot agentligi  “Hector Cuper nuovo ct dell'Uzbekistan” “O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi – Ektor Kuper” nomli maqolani o‘z sahifasiga joylashtirdi. Ushbu maqolada murabbiyning Italiyaning “Inter” jamoasi bilan erishilgan ijobiy natijalar, Misr terma jamoasining ajoyib tarzda jahon chempionatiga qaytishi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise Prezidenti Umid Ahmadjonovning murabbiy haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashilgan.

Italiyaning mashhur mediagiganti mediaset.it ham “Hector Cuper nuovo ct dell'Uzbekistan” deb nomlangan euronews.comning maqolasini o‘z sahifasida chop etgan.

Millionlab o‘quvchilarga ega channelnewsasia.com nashri “Hector Cuper takes over as Uzbekistan head coach” “Argentinalik Ektor Kuper O‘zbekiston terma jamoasini bosh murabbiy sifatida boshqaradi” nomi ostida xabar chop etdi. Unda Misrni Rossiya maydonlarida o‘tkazilgan jahon chempionatiga olib borgan Ektor Kuperdan o‘zbekistonliklar ham ushbu natija O‘zbekiston terma jamoasi bilan Qatar maydonlarida amalga oshishiga ishonishlari haqida yozib o‘tgan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:38, 04.08.2018.
O'qildi: 11515 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик