Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Hasanboy Do‘smatov: «Albatta, yurtdoshlarimizni xursand qilamiz»

Hasanboy Do‘smatov: «Albatta, yurtdoshlarimizni xursand qilamiz»

Baho:
+ | -

Milliy olimpiya qo‘mitasida bugun sportchilarni Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga kuzatish marosimi tashkil qilindi.

Ushbu tadbirda Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov so‘zga chiqib, oldinda turgan musobaqa nihoyatda mas’uliyatli ekanligi haqida gapirdi.

“Sanoqli kunlardan so‘ng barchamiz uchun muhim va nufuzli musobaqa boshlanadi. Biz sportchilar Indoneziyada bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Yaratilgan sharoitlar uchun muhtaram yurtboshimiz, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O‘zbekiston boks federasiyasiga minnatdorchilik bildiramiz.

Osiyo o‘yinlarida oltin medal bilan albatta, yurtdoshlarimizni xursand qilamiz”, – dedi Hasanboy Do‘smatov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:08, 07.08.2018.
O'qildi: 3387 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик