Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Qarshida «Bunyodkor»dan 4 ta gol o‘tkazgan «Nasaf» kuchli oltilikka kirish imkoniyatini butkul yo‘qotdi

Qarshida «Bunyodkor»dan 4 ta gol o‘tkazgan «Nasaf» kuchli oltilikka kirish imkoniyatini butkul yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Kecha «Nasaf» Superliganing 21-tur uchrashuvini o‘z maydonida «Bunyodkor» jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Uchrashuv «Paxtakor-79» xotirasini yodga olish bilan boshlandi. «Paxtakor-79» xotirasining hurmati uchun bir daqiqalik sukut saqlandi.

Uchrashuvni jamoamiz hujumkor ruhda boshladi. Gol urish uchun imkoniyatlar ham bo‘ldi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida «Bunyodkor» jamoasi hisobda oldinga o‘tib oldi. Bunda mezbon himoyachilar qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi, bu vaziyatdan Shaxzodbek Nurmatov unumli foydalandi – 0:1.

Uchrashuvda hisob o‘zgargandan so‘ng, “Nasaf” yana tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. Yana ketma-ket hujumlar, yana samarasiz yakun. Xullas birinchi bo‘limda “Nasaf” maydonda ustunlikka erishgan bo‘lsada, bu hisobda aks etmadi. Birinchi bo‘lim «Bunyodkor» jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim “ajdarlar” uchun dramatik tarzda kechdi. Avvalo himoyada yaxshi harakat qilayotgan himoyachi G‘olib G‘aybullayev jarohati tufayli majburan almashtirildi.

Uchrashuvning 58-daqiqasida hisob tengglashishi mumkin va o‘yin taqdiri boshqacharoq kechishi ham mumkin edi. Afsuski «Bunyodkor» darvozasi tomon belgilangan penaltini Sharof Muhitdinov golga aylantira olmadi.

Ikkinchi bo‘limning 64-daqiqasida Maqsud Karimov raqib futbolchiga qo‘pollik qilgani uchun ikkinchi marta ogohlantirilib, maydondan chetlatildi. Aynan mana shu qoida bo‘zilishi sabab, belgilangan jarima to‘pi orqali o‘yinda ikkinchi gol urildi. Golga Dilshod Jo‘rayev mualliflik qildi.

Uchrashuvdagi uchinchi gol ham «Bunyodkor» tomonidan 81-daqiqada kiritildi. Shahzodbek Nurmatov dubl muallifiga aylandi. Albatta, bu hisob “Nasaf”ni ruhini ancha tushirib yubordi. 85-daqiqada hisob yanada yiriklashdi. Javlon Ibrohimov himoyadagi yo‘l qo‘yilgan xatolardan unumli foydalanib, hisobni 0:4ga o‘zgartirdi.

Ammo o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan bir paytda, “Nasaf” standart vaziyatga ega bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Bobir Davlatov jarima to‘pini chiroyli tarzda amalga oshirdi va hisobni qisqartirdi – 1:4.

Shunday qilib, “Nasaf” o‘z Qarshida yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi va kuchli oltilikka kirish imkoniyatini butunlay yo‘qqa chiqardi.

Endi qarshiliklar birinchi bosqich so‘nggi tur uchrashuvini safarda «Paxtakor» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 18 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Superliga. 21-tur

«Nasaf» – «Bunyodkor» 1:4 (0:1). 3146 tomoshabin

Bosh hakam: Zokir Qodirov

Qanot hakamlari: Ruslan Samandarov, Obid Jumayev

Zaxira hakami: Isxaq Ibragimov

Nazoratchi: Noil Lutfullin

Komissar: Jahongir Rahmatullayev.

Gollar: Bobir Davlatov, 90+3’-1:4 - Shahzodbek Nurmatov, 27’-0:1, 81’-0:3, Dilshod Jo‘rayev, 65’-0:2, Javlon Ibrohimov, 85’-0:3

Amalga oshirilmagan penalti: Sharof Muhitdinov (58)

«Nasaf»: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov (s), 5.G‘olib G‘aybullayev (18.Bobir Davlatov, 46), 9.Amirjon Safarov, 14.SHarof Muhitdinov, 15.Dilshod Saitov, 20.Islom Kenjaboyev (52.SHerzod Temirov, 72) 27.Islom Rashidxonov (28.Xurshidbek Muxtorov, 73), 31.Saydullo Rahmatov, 38.Akmal Mozgovoy, 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 65.Mashhurjon Muhammadjonov, 2.Sardor Sadullayev, 3.Ilhomjon Alijonov, 30.Xudoyorxon Sagdullayev, 34.SHerzod Nasrullayev.

«Bunyodkor»: 32.Suhrob Sultonov, 5.Dilshod Jo‘rayev, 6.Anvar G‘ofurov, 7.Dilshod Ahmadaliyev, 8.Javlon Ibrohimov (s), 9.SHahzodbek Nurmatov, 11.Murod Toshmatov (13.Sanjar Qodirqulov, 52), 18.Sardor Sobirxo‘jayev, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 44.Mirjamol Qosimov (15.Farruh Ikromov, 60), 77.Aziz Haydarov (10.Abdulla Abdullayev, 67).

Zaxira: 25.Murodjon Zuhurov, 14.Mirjahon Mirahmadov, 16.Jasurbek Jaloliddinov, 21.Rasul Yuldashev, 62.Jahongir Abdusalomov.

Ogohlantirish: Maqsud Karimov (61) – Mirjamol Qosimov (53), Mirg‘iyos Sulaymonov (90+3).

Chetlatish: Maqsud Karimov (2SK, 64).

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 11:05, 12.08.2018.
O'qildi: 4241 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.