“Bavariya” himoyachisi Jerom Boateng jamoada qolishga qaror qilgan. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda. O‘z vaqtida “Bavariya” futbolchisini PSJga sotmoqchi bo‘lgandi. Parijliklar futbolchini moliyaviy feyr-pley tufayli qo‘lga kiritolmagandi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi bilan “MYU” ham qiziqgandi, biroq futbolchi Joze Mourinyo bilan birga ishlashni xohlamadi.