Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Osiyo o‘yinlari. O‘n birinchi kunda 7 ta medal va 7-o‘ringa ko‘tarildik!

Osiyo o‘yinlari. O‘n birinchi kunda 7 ta medal va 7-o‘ringa ko‘tarildik!

Baho:
+ | -

Bugun, 29 avgust kuni Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlari musobaqasining o‘n birinchi kuni ortda qoldi. 

O‘zbekistonlik sportchilar bugungi musobaqalarda jami 5 ta medal qo‘lga kiritishdi, ularning 3 tasi oltin, 2 tasi kumush va yana 2 tasi bronza. 

Dastlab medal olishni dzyudochi Diyorbek O‘rozboyev boshlab berdi. U finalda yaponiyalik Toru Shishimega qarshi gilamga chiqdi va oltin maho evaziga raqibini mag‘lub etdi.

So‘ngra o‘zbek kurashi bo‘yicha Muxlisa Abdumalikova yarim finalda mo‘g‘ulistonlik Basanyargal Bayarbatga yutqazib qo‘ydi. Dildor Shermetova esa finalda jamoadoshi uchun revansh oldi. Natijada Muxlisa Abdumalikova bronza, finalda g‘olib chiqqan Dildor Shermetova esa oltin medalni delegasiya hisobiga taqdim etdi. Mo‘g‘o‘listonlik raqibini mag‘lub etgan Dildor Shermatova musobaqa g‘olibiga aylangach, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib ko‘z yoshlari bilan arenani aylandi. 

Kurashchi Sarvar Shomurodov yarim finalda eronlik Elyas Ali Akbariga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berdi. Lekin shunga qaramay, O‘zbekiston hisobida yana bir bronza medali paydo bo‘ldi. 

E’tiborlisi, bugungi bahslarda O‘zbekiston sport delegasiyasi hisobiga yengil atletikadan kumush medal qo‘shildi. Uchxatlab sakrash mashqlarida 16,62m natija ko‘rsatgan Ruslan Qurbonov Osiyo o‘yinlari-2018 musobaqasining kumush medaliga sazovor bo‘ldi. 

Yengil atletikachi qizlar ham oltin ham kumush medal sohibasiga aylandilar. Balandlikka sakrash bahslarida Svetlana Radzivil 1,96m natija bilan Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi va oltin medalga ega chiqdi. Unga raqiblik qilgan Nadiya Dusanova esa 1,94m balandlikni zabt etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. 

Shuni ham aytib o‘tish joizki, Svetlana Radzivil 1,96m balandlikni zabd etib, Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi. Bundan avvalgi rekord Svetaning o‘ziga (2010 yil, 1,95m) tegishli edi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi sportchisi ilk marotaba Osiyo o‘yinlarida erkaklar o‘rtasida uchxatlab sakrash bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu yilgi musobada o‘zbekistonlik sportchilar oltin medal to‘plash bo‘yicha Inchxon-2014 musobaqasidagi natijani yangiladilar. 

Vakillarimiz 4 yil avvalgi Osiyo o‘yinlarida 9 ta oltin medal yutishgan. Umumjamoa hisobida esa 45 ta medal olib, musobaqani 11-o‘rinda yakunlaganlar. 

Darvoqe, bugun o‘zbekistonlik bokschilar Hasanboy Do‘stmatov, Iqboljon Xoldorov, Miraziz Mirzahalilov hamda Isroil Madrimovlar chorak final bosqichida janglarini o‘tkazdilar va raqiblarini katta ustunlik bilan taslim etdilar. Ayniqsa Isroil Madrimovning jangi mezbon muxlislarga ham yoqib tushdi. U g‘alabasini odatdagidek salto otib nishonladi. 

Shu tariqa, O‘zbekiston sport delegasiyasining Osiyo o‘yinlari musobaqasidagi jami medallari soni 45 taga yetdi. Ularning 12 tasi oltin, 17 tasi kumush va yana 16 tasi bronza hisoblanadi. 

O‘zbekiston sport terma jamoasi umumiy ro‘yxatda ikki o‘ringa ko‘tarilib, 7-o‘ringa chiqdi. Ro‘yxatning kuchli uchligini yana Xitoy (219 ta medal umujamoa hisobida), Yaponiya (162) va Janubiy Koreya (129) egallab turibdi.

Kiritildi: 21:39, 29.08.2018.
O'qildi: 7933 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик