Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Osiyo o‘yinlarini yana bir oltin medal bilan yakunladik!

Osiyo o‘yinlarini yana bir oltin medal bilan yakunladik!

Baho:
+2 | -

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tgan Osiyo O‘yinlari O‘zbekiston uchun yana bir oltin medal bilan yakuniga yetdi.

Erkaklar o‘rtasidagi 90 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Kamoliddin Xolmamatov final jangini o‘tkazdi. Vatandoshimiz hal qiluvchi bahsda Umed Hasanbekov bilan jang olib borib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.


Ushbu oltin medal sambo sport turida dastlabkisi bo‘ldi. Bungacha sambochilarimiz kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishgandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegasiyasining Osiyo o‘yinlaridagi oltin medallari soni 21taga yetdi. Shuningdek, hisobimizda "kumush"lar soni 24ta, "bronza"lar esa 25tani tashkil qildi. Jami — 70ta medal.

Umumjamoa hisobida O‘zbekiston delegasiyasi 5-o‘rinni egalladi. Mamlakatimizni faqatgina Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va mezbon — Indoneziya ortda qoldirdi. Eron, Xitoy Taypeyi, Hindiston va Qozog‘iston kabi kuchli delegasiyalar ortda qoldirildi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:10, 01.09.2018.
O'qildi: 12683 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик