Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Eksklyuziv intervyu. Ravshan Haydarov: «O‘z xatolarimiz qimmatga tushdi»

Eksklyuziv intervyu. Ravshan Haydarov: «O‘z xatolarimiz qimmatga tushdi»

Baho:
+ | -

Bilasiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi oldiga 18-Osiyo o‘yinlari oltin medalini yutish vazifasi qo‘yilgandi. Biroq Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoamiz musobaqadagi ishtirokini ertaroq yakunlashga majbur bo‘ldi.

Olimpiyachilarimiz 1|4 final uchrashuvida ortiqcha ta’rifga ehtiyoj sezmaydigan Janubiy Koreya termasiga imkoniyatni boy berishdi - 3:4. Chiroyli o‘yin, alamli natija...

Mag‘lubiyat sababini kimlardir hakamdan qidirishdi, boshqa birovlar futbolchilarimizdan o‘pkalashdi, yana ba’zilar murabbiyni bosh aybdor sifatida ko‘rsatishdi.

Osiyo o‘yinlarini Jakarta va Palembang shaharlarida bevosita kuzatib borgan maxsus muxbirimiz Kamoliddin Alimov omadsiz bahsdan keyin Ravshan Akmalovichni alohida suhbatga chorlab, olimpiya termasi ishtiroki yuzasidan batafsil intervyu oldi.

- Ravshan aka, Janubiy Koreya termasiga qarshi kechgan o‘yinga to‘xtalishdan avval Osiyo o‘yinlariga tanlangan tarkib haqida so‘ramoqchiman. Aytingchi, jamoa safiga o‘zingiz xohlagan barcha futbolchilarni qo‘sha oldingizmi? Albatta, Aziz G‘aniyevdan tashqari...

- Ha, turnir uchun shakllantirilgan tarkibdan ko‘nglim to‘q edi. Zero, yakuniy ro‘yxatga ayni paytdagi eng munosib yigitlarni kiritdik, menimcha. Qisqasi, tarkib masalasida hech qanday e’tiroz yo‘q. O‘zingiz aytgandek, birgina «Nasaf» yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev xizmatidan foydalanolmadik.

Uning «Navbahor»ga qarshi kechgan uchrashuvda kutilmaganda, jarohatlangani qimmatga tushdi. Bundan tashqari, Indoneziyaga jo‘nash oldidan Aziz Turg‘unboyev va Jasur Yaxshiboyevda ham kichik muammo bor edi. Lekin ularni yakuniy tarkibga kiritdik. Turnir davomida shifokorlarimiz har ikkisini safga qaytarish uchun katta hajmda ish olib borishdi.

Ammo Yaxshiboyevni maydonga tushirolmadik, baribir. Ya’ni u talab darajasida tiklanishga ulgurmadi. Qolaversa, Zabihillo O‘rinboyev ham kichik jarohat bilan o‘ynadi. U shu tufayli Toshkentdagi oxirgi yig‘inimizda yakka tartibda shug‘ullangandi. Muhimi, Zabihillo o‘zimiz kutgandan ham faolroq to‘p surdi. Har holda, o‘yinlarda sira tinmadi, bir necha gol urdi va jamoaga yordam berdi.  

- Tarkibga yana Otabek Shukurov va Eldor Shomurodovni qo‘shish mumkin edi, lekin bilishimizcha, ularga klublari ruxsat bermagan...

- Afsuski shunday. Aslida Shukurov va Shomurodov masalasida ularning klublari bilan uzoq muzokara olib bordik. Lekin BAA va Rossiya chempionatlari davom etayotgani sabab, jamoalar futbolchilarni qo‘yib yubormadi. Chunki Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan futbol turniri FIFA taqvimiga kiritilmagan.

Bu holatda futbolchiga ruxsat berish-bermaslik klub rahbariyati ixtiyorida bo‘ladi. Qisqasi, har ikki futbolchining klubi taklifimizga rad javobi berdi. Birgina «Anji» rahbariyati Doston Hamdamovni terma jamoa ixtiyoriga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi. Buning uchun maxachqal’aliklarga minnatdorchilik bildirdik.

Mana, Doston faolligi bilan jamoamizga sezilarli naf keltirdi. Agar Shomurodov va Shukurovni ham tarkibga qo‘sha olganimizda, ehtimolki, hammasi bosh-qacha kecharmidi? Ishonchim komil, ushbu tajribali legionerlarimiz jamoa o‘yinini yaqqol kuchaytirishardi. 

- «Zayavka»ga 3 nafar yoshi katta futbolchi kiritish borasida ancha bosh qotirishingizga to‘g‘ri kelgani aniq. Bunda ko‘proq nimaga e’tibor qaratdingiz?

- Hech ikkilanishsiz aytishim mumkin, yoshi katta futbolchilarni tanlash bobida xatolikka yo‘l qo‘ymadik. Ularni bitta yig‘in - Turkiyadagi mashg‘ulotlar vositasida tanladim. Tabiiyki, avvalo, yigitlarning jamoaga kirishib ketish potensialini inobatga oldim.

Muhimi, ular bu borada muammo sezishmadi. Hamma ko‘rdi, Jaloliddin Masharipov ham, Ikrom Aliboyev ham o‘yinlarda jamoa yetakchisi sifatida gavdalanib, yigitlarni olg‘a boshladi. Shuning barobarida ular muhim gollarga mualliflik qilishdi. Qisqasi, Jaloliddin va Ikrom yetakchilik xususiyatiga tayanib, futbolchilarni o‘z ortlaridan ergashtirishdi.

Yana bir yoshi katta futbolchimiz - Aziz Turg‘unboyevga esa jarohat pand berdi. Umumiy xulosa shuki, tarkib masalasida jiddiy e’tirozga o‘rin qoldirmadik, ya’ni futbolchilar tanlovida adashganim yo‘q, menimcha.     

- Endi tashkilotchilik xususida: asosiy va mashg‘ulot maydonlari talabga muvofiq ekanmi?

- Turnir davomida 3ta shaharchada yashashimizga to‘g‘ri keldi, tabiiyki, 3ta mehmonxonada turdik. Stadionlar va mashg‘ulot maydonlari chimi sifati o‘rtasida katta farq bor. Har holda, mashg‘ulot maydonlari ideal holatda emasdi.

Bagor shaharchasidan Begasiga ko‘chib o‘tishda esa, yo‘l muammosiga duch keldik - avtomobillar tiqilinchi. Hattoki, ba’zi kunlar stadionga yetib olish uchun 2 soatlab vaqt sarfladik. Yo‘q, buni katta muammo sifatida ko‘rsatmoqchi emasman. Chunki hamma deyarli bir xil sharoitda yashadi, shug‘ullandi, o‘yinlarda ishtirok etdi. 

- Janubiy Koreya termasi final yo‘lidagi asosiy raqib edi. O‘yinga munosib taktika tanlashda ikkilanmadingizmi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:35, 04.09.2018.
O'qildi: 6182 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.