Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Yevrofutbolni zabt etishga yo‘l olgan osiyoliklar (fotogalereya)

Yevrofutbolni zabt etishga yo‘l olgan osiyoliklar (fotogalereya)

Baho:
+ | -

OFK rasmiy sayti yozgi transferlar bozori vaqti Osiyo|Avstraliyadan Yevropa klublariga yo‘l olgan 6 nafar futbolchi haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘ylaymizki, bu yigitlar bilan alohida tanishib qo‘yishning zarari yo‘q. Birinchidan, ular endilikda «ko‘hna qit’a»da butun OFK sharafini himoya qilishadi qaysidir ma’noda.

Ikkinchidan, yaqin kelajakda milliy jamoamizga raqib sifatida gavdalanishlari ehtimoli yo‘q emas. Shularni nazarda tutib, yevrofutbolni zabt etgani chog‘langan 6 nafar o‘yinchi haqida to‘liqroq yozishni lozim topdik.

Daniel ARZANI (Avstraliya): «Melburn Siti»dan «Manchester Siti»ga

JCH-2018 doirasida Fransiya termasiga qarshi kechgan o‘yinda maydonga tushib, yaxshigina taassurot qoldirgan Daniel Arzani nafaqat avstraliyaliklar safida, balki butun turnirda eng yosh futbolchi maqomini olgandi.

1999 yilning 4 yanvar kuni Eronning Xurram-obod shahrida tavallud topgan bu yigit hozirga qadar Avstraliya milliy jamoasi libosida 5 marta maydonga tushishga ulgurdi. U xususan, 9 iyun kuni Vengriya termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida xalqaro gollari hisobini ham ochdi.

E’tiborlisi, Daniel «Melburn» tarkibida atigi 6 oy to‘p surdi va to‘g‘ri Yevropaga yo‘l oldi. Yana qaysi klubga? Angliya chempioni - «Manchester Siti»ga. Xullas, Arzani 9 avgust kuni «shaharliklar» bilan rasman shartnoma tuzdi. Transfer tafsilotlari hozircha oshkor etilmadi.

To‘g‘ri, oradan 8 kun o‘tib, uning ijara kelishuvi asosida «Seltik»da o‘ynashi aniq bo‘ldi. Demak, avstraliyalik iqtidor egasi yaqin 2 yil davomida Shotlandiya grandi safida tajriba oshiradi. «Seltik» klubida rotasiya keng yo‘lga qo‘yilganini inobatga olsak, Danielning yaxshigina imkoniyatga ega bo‘lishi ehtimoli baland.

Trent SEYNSBERI (Avstraliya): «Jiangsu Sunin»dan PSVga

Trent Xitoy chempionatiga bosh suqquniga qadar Gollandiyaning boshqa bir klubi - «Zvolle» qanot himoyasida o‘ynab, ko‘zga tashlangan edi. Biroq «Zvolle» uni Xitoy klubiga sotish imkoni tug‘ilganida, o‘zini to‘xtatib turolmadi. Zero, «Jiangsu» avstraliyalik futbolchi uchun 1,5 mln. dollar taklif etgandi.

Mana, 3 yillik shartnoma rasmiylashtirilganiga qaramay, Trent muddatidan ancha oldin yana «lolalar yurti»ga qaytdi. Faqat boshqa shahar va boshqa klubga. Demak, «sokkeruz» tarkibida ham ishonchli ijrochilardan biriga aylangan Seynsberi bundan buyon Mark van Bommel qo‘l ostidagi PSVda to‘p suradi.

Trent 1992 yilning 5 yanvar kuni G‘arbiy Avs-traliyaning Tornli shahrida tug‘ilgan. Avstraliya milliy jamoasidagi statistikasi: 38ta o‘yin, 3ta gol. Klublar miqyosidagi faoliyatida esa raqiblar darvozasini 5 bora nishonga olgan.

Darvoqe, Eyndxoven klubida avs-traliyalik yana bir futbolchi bor - Rayan Tomas. Eng qizig‘i, u  ham oldin «Zvolle»da o‘ynagan. Farqi shuki, Tomas PSVga Xitoy orqali emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tgandi.

Vohid AMIRI (Eron):  «Persepolis»dan «Trabzonspor»ga

Vohid Amiri haqida oxirgi paytlar juda ko‘p iliq fikrlar yangramoqda. Qizig‘i, u 25 yosh to‘lguniga qadar Eron Pro-ligasida umuman o‘ynamagandi. Tehronning «Naft»  klubidan «Persepolis» safiga o‘tgach esa, tezda birin-ketin sovrinlarga ega chiqdi: 2 marta mamlakat chempioni bo‘ldi va qo‘shimchasiga superkubok sohibiga aylandi.

Mavsum-2017|2018 yakunida Eron chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida ham e’tirof etildi. Shuningdek, jahon chempionatida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi. Xususan, Marokash va Portugaliya termalariga qarshi kechgan bahslarda yarim himoyadagi harakatlari bilan mutaxassislar e’tiboriga tushdi. Aytish joiz, Turkiya klubi Vohidni vaqtida o‘z tomoniga og‘dirdi.

Chunonchi, fors futbolchisiga arab klublaridan talab katta edi. Ular orasida yaxshigina xaridorlar chiqayotgandi. Fakt shuki, Eron termasi a’zosi endi Turkiya klubi safida harakatlanadi. Shu yil 21 iyul kuni 2 yillik shartnoma ostiga imzo chekkan Amirining «Trabzonspor»da ikkinchi hujumchi vazifasini bajarishi kutilmoqda.

Vohid 1988 yilning 2 aprel kuni tug‘ilgan. Hozirga qadar Eron terma jamoasi safida 38 marta maydonga tushdi. Yana bir diqqatga sazovor ma’lumot bor: Amiri 2016 yili huquq yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:33, 04.09.2018.
O'qildi: 9024 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.