Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

299ta gol, 12ta «dubl», 4ta «xet-trik» yoxud Superliga-2018 birinchi bosqichida urilgan gollar

299ta gol, 12ta «dubl», 4ta «xet-trik» yoxud Superliga-2018 birinchi bosqichida urilgan gollar

Baho:
+ | -

Gazetamizning avvalgi sonlarida ham yozdik, Pepsi Superliganing ortda qolgan 22ta turi doirasidagi 132ta o‘yinda jami 299ta gol qayd etildi.

Demakki, muxlislar o‘rtacha hisobda aytganda, 1ta o‘yinda 2,1ta gol ko‘rishgan yoxud futbolchilar har 39,7 daqiqada darvozani bir bora ishg‘ol qilishgan. Umuman olganda, jami 117 nafar futbolchiga gol quvonchini tuyish nasib etdi. Shuningdek, 10 nafar futbolchi nomiga avtogol yozildi.

Birinchi bosqich yakuniga ko‘ra, «Paxtakor» eng sermahsul jamoa bo‘ldi - 36ta gol. Autsayder - «Neftchi» esa raqiblar darvozasini atigi 12 marta ishg‘ol qildi.

Eng qizig‘i, «Paxtakor»da 9ta nafar futbolchi gol urgan, «Neftchi»da esa 10 nafar o‘yinchi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan. Shu kungacha 12ta «dubl» va 4ta «xet-trik» qayd etilganini ham alohida ta’kidlash o‘rinli.

Foiz bo‘yicha aytganda...

Hozirgacha urilgan 299ta goldan 12,04... foizi «Paxtakor» hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. «Neftchi»ning ulushi esa atigi 4,01... foizga teng. Bu boradagi ko‘rsatkichlarni infografika shaklida keltirsak, u quyidagicha ko‘rinish oladi: 

«Paxtakor»:                                12,04... foiz

«Lokomotiv»:                            11,70... foiz

«Bunyodkor»:                              11, 70... foiz

«Navbahor»:                            9,69... foiz

AGMK:                                  8,69... foiz

«Metallurg»:                       8,02... foiz

«Buxoro»:                         7,69... foiz

«Qo‘qon-1912»:                 7,02... foiz

«Nasaf»:                        7,02... foiz

«Qizilqum»:                 6,68... foiz

«So‘g‘diyona»:               5,68... foiz

«Neftchi»:              4,01... foiz

7ta o‘yin samarasi

To‘purarlar poygasi peshqadami Ismoil Gonsalvesh («Paxtakor») 12ta golini atigi 7ta o‘yinda rasmiylashtirdi. Taqqoslash uchun aytsak, uning klubdoshi va  eng yaqin ta’qibchilaridan biri Tiago Bezerra naq 10ta uchrashuvda o‘zini ko‘rsatdi. Boshqacha aytganda, braziliyalik futbolchi o‘yinlarda faqat 1tadan gol urmoqda.

«Paxtakor» vakillariga raqobat taqdim etayotgan Javlon Ibrohimov («Bunyodkor») esa 9ta o‘yinda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Ya’ni uning hisobida 1ta «dubl» bor. Umuman olganda, atigi 14 nafar futbolchiga 5ta yoki ko‘proq o‘yinda gol quvonchini tuyish nasib etdi:

Tiago Bezerra («Paxtakor») - 10ta o‘yin (10ta gol)

Javlon Ibrohimov («Bunyodkor») - 9ta o‘yin (10ta gol)

Ismoil Gonsalvesh («Paxtakor») - 7ta o‘yin (12ta gol)

Yovan Jokich (AGMK) - 7ta o‘yin (8ta gol)

Murod Xolmuhammedov («Qo‘qon-1912») - 7ta o‘yin (8ta gol)

Zohid Abdullayev («Metallurg») - 7ta o‘yin (7ta gol)

Marat Bikmayev («Lokomotiv») - 6ta o‘yin (9ta gol)

Elguja Grigalashvili («Qizilqum») - 5ta o‘yin (7ta gol)

Sardor Rashidov («Lokomotiv») - 5ta o‘yin (6ta gol)

Filipp Rayevas («Bunyodkor») - 5ta o‘yin (6ta gol)

Islom Isoqjonov («Metallurg») - 5ta o‘yin (6ta gol)

Nemanya Yovanovich («Qizilqum») - 5ta o‘yin (5ta gol)

Bobur Abduxoliqov («Nasaf» - 5ta o‘yin (5ta gol) 

Shahzod Shaymanov («Metallurg») - 5ta o‘yin (5ta gol)

Balans qanday?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:03, 10.09.2018.
O'qildi: 2504 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.