Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Avgust oyining eng yaxshi o‘yinchisi «Metallurg»ga yordam berolmaydi

Avgust oyining eng yaxshi o‘yinchisi «Metallurg»ga yordam berolmaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Professional futbol ligasi har oyning laureatlarini aniqlab kelayotganidan xabaringiz bor. Shunisi quvonchliki, avgust oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb “Metallurg” hujumchisi Islombek Isoqjonov topildi. Superliga jamoalari bosh murabbiylari, sardorlari va muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada Isoqjonov 57 ball jamg‘arib, eng yaqin ta’qibchisi AGMK yarim himoyachisi Jasur Hasanovni 8 ballga ortda qoldirdi. “Paxtakor” hujumchisi Ismoil Gonsalvesh 25 ball bilan uchinchi o‘rinni band etdi. So‘rovnomada keyingi pog‘onalarni Zohir Pirimov hamda Darko Nikachlar band etishdi.

So‘rovnomada ishtirok etganlardan 7 nafari Islombekni birinchi o‘ringa joylashtirishgan bo‘lishsa, Isoqjonovning ismi sharifi 13 marta ikkinchi, 4 marta uchinchi pog‘onada qayd etildi. O‘z navbatida muxlislar ham Islombek Isoqjonovga birinchi o‘rinni berishgan.

Biz Islombek Isoqjonovni avgust oyi laureati bo‘lganligi bilan samimiy tabriklaymiz va unga keyingi bosqichda ham ushbu shijoatini yo‘qotmasdan jamoa muvaffaqiyatlariga o‘z ulushini qo‘shib yurishini tilaymiz. Isoqjonov esa hozircha “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda “Metallurg”ga yordam berolmaydi. Gap shundaki, uning sariq kartochkalari soni to‘rttaga yetgan va navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi lozim. Afsuski bu o‘yin “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvdir.

Manba: metallurg.uz
Kiritildi: 10:14, 12.09.2018.
O'qildi: 4376 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.