Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/11 00:45 Inter 1-0 Venetsiya
04/11 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Betis
04/11 19:00 Al-Vasl 1-1 As-Sadd
04/11 21:00 Al-Ahli (SA) 5-1 Ash-Shorta
04/11 21:00 Persepolis 1-1 Al-G‘arafa
04/11 22:30 Empoli 1-0 Komo
04/11 22:30 Parma 0-1 Jenoa
04/11 23:00 Al-Hilol 3-0 Istiqlol
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost - Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale - Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe - Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim - Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor - Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

Devis kubogi. Buyuk Britaniya - O‘zbekiston. Hozircha hisob teng

Devis kubogi. Buyuk Britaniya - O‘zbekiston. Hozircha hisob teng

Baho:
+ | -

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis kubogining jahon ligasiga yo‘l olish uchun pley-off bahslarida ishtirok etmoqda. Jamoamiz Shotlandiyaning Glazgo shahrida Buyuk Britaniya termasiga qarshi dastlabki kun bahslarida ishtirok etishdi.

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin mezbonlarning ikkinchi raqamli sportchisi Daniel Evansga qarshi kortga chiqqan bo‘lsa, Jo‘rabek Karimov britaniyaliklar yetakchisi Kameron Norriga qarshi bahs olib bordi. Har ikkala o‘yin 5 setgacha cho‘zildi.

Istomin birinchi setda tay-brekda imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, ikkinchi setda g‘alaba qozondi — 6:4. Uchinchi setni hamyurtimiz juda oson qo‘lga kiritdi — 6:0. Shundan so‘ng Denis g‘alabani oson rasmiylashtirishi kutilgandi, ammo vatandoshimiz biroz bo‘shashdi shekilli, qolgan ikkita partiyani boy berib qo‘ydi — 4:6, 5:7.

Kemeron - Karimov to‘qnashuvida teskari vaziyat kuzatildi. Jo‘rabek birinchi setni oson boy berdi — 0:6. Hamyurtimiz ikkinchi setdan boshlab o‘ziga kela boshladi, ammo partiya so‘ngida raqibiga "breyk" qilish imkoniyatini berib qo‘ydi — 4:6. Uchinchi set tay-brekkacha davom etdi. "Lotereya" so‘ngida Norri match-bolga ham ega bo‘ldi. Vatandoshimiz bu vaziyatdan chiqib ketib, tay-brek va setni o‘z foydasiga hal qildi — 8:6.

To‘rtinchi va beshinchi partiyalarda Jo‘rabek Karimov raqibining ojiz tomonini topib oldi hamda chiroyli kombinasiyalar tashkil qilib, Kemeron Norrini taslim etdi — 6:2, 6:2.

Shu tariqa, Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi Devis kubogining jahon ligasiga chiqish uchun pley-off bahsida hisob teng. Bugun juftliklar o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tadi. Denis Istomin va Sanjar Fayziyevdan iborat juftlik Dominik Inglot/Jeymi Marrey juftligiga qarshi kortga chiqadi. Ertaga esa ikkita yakkalik bahslari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasi mazkur to‘qnashuvda g‘olib chiqsa, o‘z tarixida ilk marta jahon ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Devis kubogi. Jahon ligasiga chiqish uchun pley-off.
BUYUK BRITANIYA - O‘ZBEKISTON - 1:1
Daniel Evans - Denis Istomin 3:2 (7-6 (4), 4-6, 0-6, 6-4, 7-5)
Kameron Norri - Jo‘rabek Karimov 2:3 (6-0, 6-4, 6-7 (6), 2-6, 2-6)
Dominik Inglot/Jeymi Marrey - Denis Istomin/Sanjar Fayziyev (15 sentyabr)
Kameron Norri - Denis Istomin (16 sentyabr)
Daniel Evans - Jo‘rabek Karimov (16 sentyabr)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:53, 15.09.2018.
O'qildi: 5024 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.