Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

«Metallurg» futzal klubi to‘p suradigan ob’ekt ta’mirdan chiqarilishi kerak

«Metallurg» futzal klubi to‘p suradigan ob’ekt ta’mirdan chiqarilishi kerak

Baho:
+ | -

Professional futbol ligasi ishchi guruhi “Metallurg” klubiga tashrifi davomida “Yoshlik” sport majmuasida bo‘ldi.

Mazkur majmuada “Metallurg” futzal klubi o‘zining uy uchrashuvlarini o‘tkazadi. Unda, shuningdek, boshqa sport turlari bo‘yicha ham musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Majmua futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati uchrashuvlarining minimal talablariga javob beradi. “Metallurg” futbol klubi rahbariyatining aytishicha, mavsum avvalida zal qoplamasi ta’mirlangan, uning devorlarida esa birlamchi pardozlash ishlari olib borilgan.

Biroq ayni vaqtga kelib “Yoshlik” sport majmuasining holatida salbiy o‘zgarishlar bor. Kosmetik ta’mirning o‘zi bilangina muammo hal bo‘lib qolmagan. “Metallurg” futzalchilari to‘p suradigan ob’ekt qolgan klublarniki bilan solishtirganda yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Biroq PFL talabni nisbiy ko‘rinishda qo‘ymaydi.

2019 yilgi mavsumdan boshlab futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘yinlariga jiddiy e’tibor qaratiladi va uning formatida, o‘yinlar bo‘lib o‘tadigan oylarda o‘zgarishlar yuz beradi. PFL, shuningdek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati translyasiyalarini yo‘lga qo‘yish borasida “Sport” telekanali bilan hamkorlik qilishni rejalashtirgan. Masalaga shu tomondan yondoshilsa, “Metallurg” futzal klubining uy uchrashuvlarini namoyish etish uchun “Yoshlik” sport majmuasida imkoniyatlar yetarli emas.

Klub rahbariyati TV kameralari joy olishi uchun machtalar o‘rnatilishi borasida og‘zaki va’da berdi. Biroq bu yetarli emas. “Metallurg” futbol klubidagi mavjud kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilgan rasmiy xat PFL orqali klubga, klub orqali homiy tashkilotga yetkaziladi. Shuningdek, futzal maydonining puxta ta’mirdan chiqarilishi masalasi nazorat qilinadi. Ayni vaqtdagi holat esa televideniye talablariga javob bermaydi.     

“Metallurg” futzal klubining natijalarini esa qoniqarli baholash mumkin. Klubda futzalga alohida e’tibor bor, jamoa chempionatda 4-o‘rinni egallab turibdi. Endigi navbat esa sport ob’ektini tartibga keltirish. 

Ma’lumot uchun, 2019 yilgi mavsum uchun talab jiddiy bo‘ladi. Bunda Superliga klublari futzal, ayollar va yoshlar jamoalari to‘p suradigan maydonlarni talab darajasiga yetkazishi shart. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 12:19, 15.09.2018.
O'qildi: 1803 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.