Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Italiya chempionati. Anons. Futbol o‘ynash vaqti keldi!

Italiya chempionati. Anons. Futbol o‘ynash vaqti keldi!

Baho:
+ | -

Bugun Italiya chempionati 4-turi start oladi. Mazkur turda bizni ko‘plab qiziqarli qarama-qarshiliklar kutmoqda.

Bugun 4-turdan o‘rin olgan 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. “Inter”  o‘zida “Parma”ni qabul qilsa, “Napoli” “Fiorentina”ni sinovdan o‘tkazadi. Bugungi kundan o‘rin olgan so‘ngi uchrashuv “Frozinone” va “Sampdoriya” qarama qarshiligi kutib turibdi.

“Inter” – “Parma”

Stadion: “Juzeppe Meassa”

15 sentyabr, 20:00.

Luchano Spalletti shogirdlari o‘tgan turda “Yuve”ga qiyinchilik to‘g‘dira olgan “Parma”ni qabul qiladi. “Inter”  so‘ngi 3 ta o‘yindan beri kamida 2 tadan gol o‘tkazib yubormoqda. “Parma” so‘ngi bor “A” Seriya bahslarida  Milanda 1999 yil g‘alaba qozongan edi. Hozirga qadar jamoa 15 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan va 8 ta o‘yinda durrang o‘ynagan.

Taxminiy tarkiblar:

Inter – Xandanovich, Asamoa, Shkriniyar, De vrey, D’Ambrasio, Naingolan, Galyardini, Brozovich, Politano, Perishich, Keyta.

Parma – Sepa, Gobbi, Galyolo, Alvesh, Yakoponi, Rigoni, Shtulas, Barilla, Jervinyo, Ingleze, Di Gaudio.

“Napoli” – “Fiorentina”

Stadion: “San-Paolo”

15 sentyabr, 21:00

Karlo Anchelotti shogirdlari bu safar “Fiorentina”ga qarshi maydonga tushishadi. O‘tgan turda kutilmaganda yutqazib qo‘ygan “Napoli” bu turda faqat g‘alaba uchun maydonga tushishi tabiy. Shuningdek, jamoa bu safar o‘z muxlilari qarshisida o‘ynaydi. O‘tgan mavsum bu ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuv nursiz durrang bilan yakunlangan edi. “Napoli” so‘ngi 5 ta uchrashuvdan beri “Fiorentina”ga yutqazmayapti 4 ta g‘alaba va 1 ta durrang.

Taxminiiy tarkiblar:

“Napoli” – Ospina, Xisay, Albiol, Kulibali, Mariu Rui, Gamshik, Allan, Zyelinski, InsinYE, Milik, Kalyexon.  

“Fiorentina” – Dragovski, Biragi, Xyugo, Pesselya, Milenkovich, Fernandes, Jerson, Kyeza, Benassi, Eysserik, Simeone.

“Frozinone” – “Sampdoriya”

Stadion: “Stadio Benito Stirpe”

15 sentyabr, 23.30.

Stadionini tamirdan chiqarib olgan “Frozinone” o‘z maydoni muxlislarini xursand qilishga tayorlangan edi. Ammo, Italiya futbol federatsiyasi “Frozinone”ni navbatdagi ikki uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazishni buyurdi. Biroq klub ushbu qarordan norozi bo‘lib, ariza topshirdi. Hozircha javob kelganicha yo‘q.

“Sampdoriya” “Napoli”ni yirik hisobda mag‘lub etgandan so‘ng uchrashuv favoritiga aylanib oldi. Agar, uchrashuv yopiq eshiklar ostida bo‘ladigan bo‘lsa, mezbonlarga yanada qiyin bo‘lishi aniq.

Taxminiiy tarkiblar:   

Frozinone – Sportyello , Brigenti, Salamon, Krayns, Zampano, Chibsa, Mayello, Krizetig, Molinaro, Chiano, Perisa.

Sampdoriya – Audero, Bereshinski, Andersen, Tonelli, Murru , Linetti, Barreto, Ekdal, Ramires, Kvalyarella, Defrel.

Qobiljonov Jaloliddin

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:06, 15.09.2018.
O'qildi: 3727 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.