Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

AGMKni 2018 yil 17 kishi tark etdi. Qarzdorlik masalasi hozircha yo‘q

AGMKni 2018 yil 17 kishi tark etdi. Qarzdorlik masalasi hozircha yo‘q

Baho:
+ | -

Professional futbol ligasi Superliga va Pro-Liga jamoalaridagi qarzdorlik masalasiga jiddiy e’tibor qaratadi.

Yillar davomida futbol klublari mavsumni kamomad bilan yopib yurgan va buning oqibatida futbolchilar, murabbiylar o‘z pullarini undirolmagan. Qolaversa, futbolchilar va murabbiylarni himoya qiladigan tashkilotning o‘zi bo‘lmagan.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov mavsum avvalida bu masalaga jiddiy qarash kerakligini ta’kidlagandi. Shundan keyin PFL bir qator futbolchi va murabbiylar masalasini ijobiy tomonga o‘zgartirib berdi. 2018 yilni hech bir klub qarzdorlik bilan yopmasligi PFL uchun muhim faktor. Yo‘qsa, ular egallagan o‘rnidan qat’iy nazar 2019 yilgi mavsum startida sanksiyalarga duch keladi.

AGMK 2018 yilning o‘zidayoq 17 kishi bilan xayrlashgan. Ularning barchasi klub bilan hisob-kitobini qilib olgan. Shuningdek, jamoada qolib ketgan pullari borasida xo‘jalik sudlariga murojaat qilganlar ham bo‘lgan. Ma’lumki, PFL komissiyasi birinchi navbatda, undan keyin esa O‘FA apellyasiyasi muammoli vaziyatlarni o‘rganib chiqadi. Futbol strukturasidagi muammolarga davlat organlari aralashgan holatida PFL mazkur ishga qaytmaydi. Nodavlat, notijorat tashkiloti maqomi jihatdan yuqori organ hisoblanuvchi sudlar qaroriga aralashmaydi.

Yuqoridagi 17 kishi bilan bunday muammo kuzatilmagan. PFL komissiyasi 2019 yilgi mavsum avvalida har bir klub futbolchilari bilan alohida uchrashadi hamda ularning huquqlari borasida, muammoli vaziyatlarni qanday hal qilishi kerakligi bobida tushuntirish beradi. Yillar davomida osilib yotgan va panja ortidan qaralgan ishlar endi bo‘lmaydi. Ya’ni, futbol o‘z muammolarini o‘zi hal qila olganida, ish davlat organlariga qadar yetib bormaydi. Bu yo‘lda PFL FIFA andozasi asosida shartnoma tayyorlayotgan bo‘lib, kelasi mavsumdan boshlab klublar shartnomalar tuzishda undan foydalanadi. Har bir shartnoma PFL komissiyasining jiddiy tekshiruvidan o‘tadi.

Ma’lumot uchun: PFL har qanday klubga nisbatan da’vo arizalarini ikki yil muddat to‘lmagani holda ko‘rib chiqadi. Oldinda Superliganing qolgan klublari ham shunday tekshiruvdan o‘tadi.

 

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:31, 17.09.2018.
O'qildi: 2546 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.