Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Yegor Krimes: «Hozir kuchsiz raqiblar yo‘q»

Yegor Krimes: «Hozir kuchsiz raqiblar yo‘q»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" himoyachisi Yegor Krimes klub rasmiy sayti uchun intervyu berdi.

— "Lokomotiv" bilan o‘yindan qanday taassurotlar qoldi?
— Toshkent derbisi — bu hamisha o‘zgacha o‘yin. O‘ylashimcha, uchrashuv futbolchilar va ishqibozlar uchun qiziqarli kechdi. Agar chetlatish bo‘lmaganda bellashuv yanada keskinroq kechishi mumkin edi, ammo bu futbol va unda shunday holatlar ro‘y berib turadi. Namanganda o‘tkazgan yaxshi o‘yinimizdan keyin derbiga tayyor bo‘la oldik. Afsuski, "Navbahor" bilan oxirgi daqiqalarda to‘p o‘tkazib yuborib, g‘alabadan mahrum bo‘ldik.

— Jamoaning bunday tig‘iz taqvimda jismoniy holatini qanday baholaysiz?
— Qishda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ishlaganmiz. Bizni ko‘p o‘yinlardan iborat qiyin mavsum kutayotganini bilardik. Jamoa hozir jismonan  va ruhan yaxshi holatda. Derbidagi bunday g‘alabadan keyin bizda yanada ko‘proq kuch bo‘ladi.

— Mavsum boshidagi jarohatdan keyin tiklanish qanday kechdi?
— Jarohatlar — futbolning bir qismi. Har bir o‘yinchi jiddiy va yengil jarohat bilan to‘qnashadi. Maydonga qaytishim cho‘zilib ketdi, buning sabablari bor edi. Tarkibga kirish uchun raqobat yuqori. Markaziy himoyada bir necha kuchli futbolchi o‘ynaydi. Imkoniyatimni kutishimga to‘g‘ri keldi.

Jarohatdan rejaga mos paytda qutuldim. Buning uchun jamoa shifokori va fizioterapevtiga rahmat aytaman. Nafaqat jarohatdan tiklandim, balki yuqori jismoniy holatimga ham qaytdim.

— "Buxoro" bilan o‘yin haqida fikringiz qanday?
— "Buxoro" uy jamoasi va chempionlik uchun oltilikda kuchsiz raqiblar yo‘q. "Buxoro"ni o‘rganib chiqamiz, ularning kuchli va kuchsiz taraflarini bilamiz. Faqat g‘alaba uchun intilamiz.

— Mavsumning yakuniy pallasiga bashoratlaringiz qanday?
— Superliga va O‘zbekiston Kubogida oldimizga yuqori maqsadlar qo‘yilgan. Biz ularda g‘olib chiqishni xohlaymiz. Vazifamiz g‘alaba uchun o‘ynash va muxlislarimizni ijobiy natijalar bilan xursand etish.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 10:29, 21.09.2018.
O'qildi: 2091 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.