Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

OFK Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishi munosabati bilan Toshkentga martabali mehmonlar tashrif buyurishmoqda

OFK Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishi munosabati bilan Toshkentga martabali mehmonlar tashrif buyurishmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Osiyo futbol konfederasiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifaning Rossiyadagi Jahon chempionati paytidagi uchrashuvlari chog‘ida OFK Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazish uchun kelishib olishgan edi.

26 sentyabr kuni Toshkent shahri ushbu yig‘ilishga mezbonlik qiladi. Shu munosabat bilan 24-25 sentyabr kunlari FIFA hamda OFKning martabali mehmonlari Toshkent shahriga tashrif buyurishadi. Ayni vaqtda OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon Toshkentga yetib keldi. Bugun soat 18:30 da yana bir martabali mehmon — OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa poytahtimizga tashrif buyuradi.

Poytaxtimiz bunday tadbirga birinchi marta mezbonlik qilmoqda. OFK Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishining aynan yurtimizda o‘tkazilishi, OFK hamda O‘FA o‘rtasidagi aloqalar mustahkamligi yo‘lida navbatdagi qadam vazifasini o‘tab beradi.

Yig‘ilish Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida o‘tkaziladi.

 

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:30, 24.09.2018.
O'qildi: 1672 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик