Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Unai Emeri sobiq shogirdlari Mbappe va Neymar haqida fikr bildirdi.
“Futbolda futbolchilarga o‘zlarining eng yuqori cho‘qqisiga chiqish uchun vaqt berish kerak. Mbappe hali yosh. U ancha qobilyatli va kelajagi porloq yigit. Neymar haqida ham shunday fikrdaman. Keling sabrli bo‘laylik. Neymar PSJdagi endigina ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Hali hammasi oldinda”, deydi Emeri.