Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Ro‘zimboy Ahmedov «Navbahor» klubi va Ilhom Mo‘minjonovdan uzr so‘radi

Ro‘zimboy Ahmedov «Navbahor» klubi va Ilhom Mo‘minjonovdan uzr so‘radi

Baho:
+1 | -

So‘nggi kunlarda “Navbahor” jamoasi OAV va futbol jamoatchiligining asosiy mavzusiga aylandi desak xato bo‘lmaydi. Barchaga ma’lumki, joriy yilgi mavsumda “Navbahor” jamoasi katta maqsadlarni ko‘zlagan holda Superligadagi ishtirokini boshlagandi. Chempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan jamoaning natijalari ijobiy ko‘rinish olib, Namanganga yana katta futbol qaytdi. Bunga misol tariqasida Namangandagi o‘yingohni har bir turda deyarli muxlislar bilan to‘lib toshganligini keltirib o‘tish joiz. Superliga ikkinchi bosqichi oldidan “Navbahor”ni peshqadamlikni qo‘lga olganligi jamoaning niyatlarini yanada ulkan ekanligini ko‘rsatib berdi.

Yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoalarni esa doimo futbol jamoatchiligi diqqat markazida turishi ham tabiiy hol. Aynan shunday sharoitda har qanday OAV nashri yoki internet saytlari jamoaga oid bo‘lgan har qanday kichik xabarni ham omma e’tiboriga katta mavzu sifatida tarqatishga urinadi. Bundan bir necha kun oldin jamoa futbolchisi Ro‘zimboy Ahmedovning yaqin insonlaridan biriga aytgan gaplari ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketdi. Shundan so‘ng Ahmedovning aytgan gaplari rasmiy internet saytlarida omma e’tiboriga havola etildi. Shu bahona Ahmedov va “Navbahor” katta mavzuga aylandi.

Klub atrofidagi gap-so‘zlar ko‘payib ketgach, Namangan viloyat futbol assosiasiyasida jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilar o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrulla Hayitbayevich Bozarov, viloyat futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Shamshod Ergashevich Sarikov ham ishtirok etishdi. Yig‘ilishda jamoa haqida tarqatilayotgan ma’lumot va xabarlar muhokama qilindi. Superligada yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan jamoa uchun chetdan turli xil axborot xurujlarini amalga oshirilishiga e’tibor qaratmaslik kerakligi ta’kidlandi. Turli darajadagi bo‘xton va yolg‘on xabarlar futbolchilarning maydondagi harakatlarini salbiy ta’sir ko‘rsatishi tufayli bu kabi axborot xurujlariga uchmaslik muhim ekanligi e’tirof etildi.

Yig‘ilishda so‘z olgan jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov ham OAVga bergan interyusiga ham oydinlik kiritib o‘tdi. Ya’ni Mo‘minjonov klub rahbariyati bilan yaxshi munosabatda ekanligini, xususan klub prezidenti Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov va viloyat futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Shamshod Ergashevich Sarikov bilan ham yaxshi munosabatda ekanligini aytib o‘tdi. Aytgan gaplarini esa ehtirosga berilib ketganligi bilan izohladi.

Yig‘ilish davomida jamoa futbolchisi Ro‘zimboy Ahmedov ham so‘zga chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gaplari yuzasidan izoh berib o‘tdi. Futbolchi o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilardan biriga murabbiy uni maydonga tushirmayotganligi sababli alam ustida aytganligini gapirib, yig‘ilish qatnashchilaridan uzr so‘radi. Shu bilan birgalikda Ro‘zimboy Ahmedov bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonovni har qanday o‘yindan oldin jamoani faqat g‘alabalar sari chorlaganligini e’tirof etib, yolg‘on ma’lumotlar uchun bosh murabbiydan ham uzr so‘radi.

"Navbahor" PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:47, 26.09.2018.
O'qildi: 6106 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.