Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Oksana Chusovitina: «Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat»

Oksana Chusovitina: «Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, o‘zbek sporti afsonasi Oksana Chusovitina Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medal sohibasiga aylangandi.

Bugun 43 yoshli sportchimiz O‘zbekistonga qaytib keldi. 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolari yig‘ishni boshlab yuborgan Chusovitina musobaqa davomida o‘zini qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

«Barchasi ajoyib bo‘ldi. Muxlislarimga rahmat. Parij bizni yaxshi kutib oldi. Sport zalidagi muhit esa ajoyib edi. Raqiblar? Men raqiblarga qarab o‘tirmayman va o‘z ishimni to‘g‘ri bajarishga harakat qilaman. Umid qilamanki, barchasi reja bo‘yicha davom etadi. Yana bir marotaba meni qo‘llab-quvvatlab turganlarga minnatdorchilik bildiraman», – dedi Oksana Chusovitina.

Eslatib o‘tamiz, Parijdagi Jahon kubogi Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini taqdim etdi. Demak, Chusovitina ushbu musobaqa orqali o‘zi uchun qimmatli bo‘lgan reyting ochkolarini ishlab oldi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:37, 03.10.2018.
O'qildi: 2345 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.