Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

Ayolning makri qirq tuyaga yuk bo‘ladi yohud Ronalduning ishi haqida barcha ma’lumot

Ayolning makri qirq tuyaga yuk bo‘ladi yohud Ronalduning ishi haqida barcha ma’lumot

Baho:
+ | -

Bugun Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan chetlatildi degan xabarlarni o‘qigan bo‘lsangiz kerak. Aslo xavotir olmang bunday xabarlar asossiz.

Ronaldu 2018 yil haqiqatdan ham terma jamoada o‘ynolmaydi. Bunga sabab oddiy. Portugaliya Ronalduni zo‘rlagini tufayli chetlatmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Fernandu Santush Portugaliya futbol federasiyasi rahbari Fernandu Gomesh bilan maslaxatlashgandan keyin bu qarorga kelgan. Portugaliyalik murabbiy Krishtianuning ishi bunga hech qanday aloqasi yo‘q. Santushning 33 yoshli futbolchini kelajakda terma jamoaga jalb qilmoqchi. O Jogo nashrining ma’lum qilishicha, Ronaldu termaga 2019 yil qaytadi.

Krishtianu ruhiy va jismoniy ahvoli joyida emasligi sabab terma jamoaga chaqirilmagan.

Bu haqda Ronaldu sentyabr oyida Xorvatiya va Millatlar Ligasida Italiyaga qarshi kengaytirilgan tarkibga qo‘shilmaganida xabar berilgandi.

O‘shanda Santush shunday degan edi.

 

“Ronalduni “Yuventus” bilan shartnoma imzolaganini hisobga olgan holda bu safar u biz bilan bo‘lmasligini tushunib yetdim”, - deya ta’kidlagan portugaliyalik mutaxassis.

Aslida hammasi nimadan boshlangan ?

Bu xabarni ommaviy axborot vositalariga birinchilardan bo‘lib nemis jurnali "Spiegel" targ‘ib qilgan edi. Shundan so‘ng portugaliyalik futbolchining advokatlari ushbu jurnalni da’vo arizasi bilan chiqmoqchi bo‘ldi. Bunga esa ushbu jurnalda futbolchining tajovuz qilganligi haqidagi maqola sababchi bo‘lgan, deydi “Reuters”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2009 yilda Ronaldu amerikalik qiz Ketrin Mayorga bilan pinhona uchrashgan va bu haqda hech kimga aytmaslik to‘g‘risida qattiq ogohlantirgan. Jabrlanuvchi to‘qqiz yil davomida bu ish bo‘yicha sukut saqlaganligini tan oldi. Endi Mayorganing xabar berishicha, Ronaldu qizga uni zo‘rlaganini hech kimga aytmasligi uchun 375 ming dollar bergan ekan.

O‘z navbatida Turinning "Yuventus" klubi futbolchisi barcha ayblovlarni keskin rad etmoqda.

***

“Yuventus” Ronaldu haqida qanday fikrda?

“Yuventus” klubi Ronalduga nisbatan qo‘yilayotgan nomusga tajovuz qilish ayblovi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Krishtianu Ronaldu so‘nggi oylarda o‘z ishiga nisbatan professional munosabatda bo‘lmoqda. “Yuventus”da barcha uni qadrlaydi. Bundan 10 yil oldin go‘yoki bo‘lib o‘tgan ish bizning unga bo‘lgan munosabatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi. Uni yaxshi bilgan insonlarning barchasi shunday fikrda”, — deyiladi "Yuventus" matbuot xizmati “Tvitter” orqali tarqatgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli amerikalik ayol Ketrin Mayorga 2009 yilda Ronaldu uni zo‘rlaganlikda ayblab futbolchi ustidan sudga murojaat qildi.

***

Mayorga tufayli Nike va EA Sports  Ronaldu  bilan shartnomani bekor qilishi mumkin.

 

Nike va EA Sports kompaniyalari Krishtianu ROnalduga qo‘yilayotgan ayblov yuzasidan rasmiy bayonot berdilar.

"Biz xavotirli xabarlardan chuqur tashvishdamiz va vaziyatni diqat bilan kuzatyapmiz", - deya xabar berdi Nike.

Nike va Ronaldu 2003 yildan buyon hamkorlik qilib keladilar. Ular o‘rtasidagi oxirgi 1 mlrd yevrolik kelishuv 2016 yilda tuzilgan. Futbolchi buni umrbod kelishuv deb ma’lum qilgan edi

"Biz Krishtianu Ronalduga qo‘yilgan ayblov bo‘yicha dokladni ko‘rdik. "

Vaziyatni diqqat bilan kuzatyapmiz, chunki sportchilarimiz o‘zlarini EA qadriyatlariga muvofiq tutishini kutamiz", - deyiladi EA Sports bayonotida.

Ronaldu – EA Sports'ning yuzi hisoblanadi. Futbolchi FIFA 19 simulyatori muqovasida tasvirlangan.

Mayorga Ronalduga taxdid qilishni boshladi...mi?

Krishtianu Ronalduni zo‘rlash jinoyatida ayblayotgan Ketrin Mayorganing advokatlari matbuot anjumani o‘tkazdilar.

34 yoshli amerikalik ayol 2009 yilda Las-Vegas shahrida portugaliyalik futbolchi uni zo‘rlaganini aytmoqda. Mayorga 2010 yilda Ronalduning yuristlari bilan "og‘iz ochmaslik"ka kelishgan va 375 ming dollar olgan.

Brifingda advokatlar Las-Vegas polisiyasi avgust oyidan buyon surushturuv ishlarini olib borayotganini ma’lum qildilar.

Mayorga himoyachilari sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng qizning stress holatiga tushgani va ruhiy zarba olganini aytishmoqda.

Ronaldu ayblovlarga 20 kun ichida Nevada sudida javob berishi kerak. Futbolchidan ma’naviy zarar uchun 200 ming dollar talab qilishmoqda.

***

Ronaldu bu holatga nima deb izoh berdi?

Menga qarshi barcha ayblovlarni qat’iyan rad etaman. Zo‘rlash - bu men ishongan, hamma narsaga zid bo‘lgan dahshatli jinoyatdir.

O‘zimni oqlashga qancha urinsam ham, ommaviy axborot vositalarida namoyish etilgan o‘yinda ishtirok etishdan bosh tortaman. Uni tashkil qilgan odamlar mening nomim hisobiga mashxurlikka erishmoqchi. Tergov natijalarini sof tushuncha va to‘liq xotirjamlik bilan kutmoqdaman”, - deb yozdi Ronaldu.

Butun futbol ahli portugaliyalik futbolchini yonini oladi. Chunki Ronaldu ommaga tanilgandan beri uni har-xil ayblovlarda gumon qilishgan, soliqlar, firibgarlik, zo‘rlash yana shunga o‘xshash bir nechta tasdiqsiz ayblovlar.

  

Lekin, tanganing orqa tomoni bor deganlaridek Ronaldu hayyotda juda oq ko‘ngil va hech kimga ziyon olib kelmaydigan inson. Nega deysizmi? Masalan sizda 100 mln pulingiz bor ko‘chadan kelgan bir begona ayolga o‘sha pullaringizni hadiya etolarmidingiz?

Gap shundaki Ronaldu, farzandining operasiyasiga puli yetmagan ota-onaga hech qanday so‘roqsiz yordam bergan.

Ma’lumki, 2009 yil Ronaldu dunyodagi eng hulqi yomon futbolchilardan biri edi. Uning simulyasiyalarini ko‘rib hamma hayron qolar edi. Qisqasi, hozir Neymar qanday bo‘lsa shunday edi.

Biz hulosa qildik, siz ham ushbu xabarni o‘qib bo‘lgandan so‘ng hulosa chiqarishni unutmang!

Abror Eshonxonov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:53, 05.10.2018.
O'qildi: 11578 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.